A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Мухаммад Цосим Фахим (1956-2014)га^тди


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

Мухаммад Цосим Фахим (1956-2014)га^тди.
108 Rasanayagam, A. Afghanistan. A Modem History. - London & New 
York: I.B. Tauris, 2002. - P. 252-253.
109 Уша манба. - Б. 254.
110 Peabody, L.В .Afghanistan Security. - New York: Nova Science 
Publishers, Inc. 2009. - P. 55.


oqimiga e’tiqod qiluvchi afg‘on aholisi vakillaridan tashkil topgan 
“Kipr guruhi”;
- Zohirshoh rahbarligidagi “Rim guruhi”;
- Shimoliy Alyans delegatsiyasi (Muhammad Yunus Qonuniy 
yetakchiligida)111.
Bonn konferensiyasi davomida ham bir necha yillik etnik 
qarama-qarshiliklaming namoyon bo‘lishiga qaramay, xalqaro 
kuzatuvchilaming, birinchi navbatda AQSHning tazyiqi ostida 
yuqorida nomlari tilga olingan to‘rt delegatsiya vakillari 6 oylik 
vakolat muddati bilan o‘tish davri hukumati va Luye Jirge ishini 
tashkil etish uchun 21 kishidan iborat hay’at tuzishga kelishib 
olishdi. Bundan tashqari pushtun qabilalari yetakchilaridan biri, 44 
yoshli Hamid Karzay muvaqqat hukumat rahbari etib tayinlandi. 
H.Karzay durroniy qabilasining Muhammadzoy urug‘idan bo‘lib, 
Qandahorda tug‘ilgan, boshlang‘ich ma’lumotni Qobulda, oliy 
ma’lumotni Hindistonning Simla shahrida olgan. Mutaxassisligi 
bo‘yicha siyosatshunos, dariy va pushtu tillari bilan bir qatorda ing­
liz tilini ham biladi.
H.Karzay o‘zining siyosiy karyerasini Pokistondagi muhojir- 
lik hayoti jarayonida, 1985-yilda mujohidlarga tegishli bo‘lgan 
Afg‘onistonni qutqarish Milliy fronti axborot departamenti 
boshlig‘i sifatida boshladi. 1992-1994-yillarda Sovet qo‘shinlari 
Afg‘onistondan 
olib 
chiqib 
ketilgandan 
keyin 
tuzilgan 
hukumatlaming birida Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari 
lavozimida faoliyat yuritdi. “Tolibon” harakatining ilk shakllanish 
davrida toliblar unga ishonch bildirishdi va H.Karzayga hatto 
o‘zlarining BMTdagi vakili lavozimini taklif etishdi. Biroq, 
H.Karzay toliblaming ushbu taklifini rad etib, bir necha yil 
AQSHda yashadi.
2001-yil 22-dekabridan boshlab H.Karzay rahbarligidagi 
Muvaqqat organ Afg‘onistonda toliblar hukumatidan keyingi 
davrda davlat boshqaruvi bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling