A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
AFG‘ONISTON XXI ASR BOSHIDA
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
AFG‘ONISTON XXI ASR BOSHIDA
Sovet armiyasi Afg‘onistondan olib chiqib ketilgach, Usoma bin Laden yangi tashkilot tuzib, uni “Al-Qoida” deb nomladi. “Al-Qoida” yollanma jangarilar, qotillar va terrorchilardan iborat o‘ziga xos tashkilot bo‘lib, Usoma bin Ladenning har qanday topshirig‘ini zudlik bilan amalga oshiruvchi hamda dunyoning ko‘pgina beqaror hududlarida joylashib olgan xalqaro tarmoqqa aylandi. “Al-Qoida”ga birikkan terrorchilar endi o‘z homiysi, ya’ni Sovet-afg‘on urushida ulardan foydalangan AQSHga qarshi kurasha boshladilar. Bu borada Usoma bin Laden o‘z tarafdorlarini g‘oyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “diniy fatvo” - muayyan bir diniy yetakchi tomonidan oddiy musulmonlarga u yoki bu harakatni amalga oshirishga da’vat etuvchi va izn beruvchi o‘ziga xos ruxsatnomalar chiqargan edi. Jumladan, 1996-yilda Usoma bin Laden tomonidan chiqarilgan dastlabki fatvoda “musulmonlaming ikki muqaddas yerlarini egallab olgan amerikaliklarga qarshi urush ochish to‘g‘risida” bo‘lsa, yana biri 1998-yilda chiqarilgan bo‘lib, unda AQSH hukumati Isroil davlatini qo‘llab-quwatlagani bois, dunyo bo‘ylab amerikaliklarni o ‘ldirishga fatvo bergan edi. 1998- yilda Keniya va Tanzaniyada “Al-Qoida” tashkiloti tomonidan AQSH elchixonalari portlatib yuborildi va shundan so‘ng ushbu tashkilot dunyodagi 1-raqamli terrorchi tashkilot deb e ’lon qi lindi. 2001-yil 11-sentabrda “Al-Qoida” kamikadzelari Nyu- Yorkdagi osmonoo‘par egizak binolar - Jahon savdo markazini “Boing” samolyotlari vositasida kunpayakun etishganida butun dunyo hamjamiyati ulaming naqadar yovuz kuchga aylanganligiga guvoh bo‘ldi. 2001-yil 11-sentabrdagi terroristik hujumni amalga oshirgan terrorchilar (jami 19 nafar) “Al-Qoida” xalqaro terroristik tashkilotiga taalluqli edilar va ushbu ekstremistlar guruhi, begunoh insonlami o‘ldirishni oqlash uchun, dunyodagi eng buyuk dinlardan biri - Islom dinini bulg‘ab, buzib ko‘rsatishdi. 0 ‘zining terrorchilik faoliyati davomida Usoma bin Laden o‘z tarafdorlari va barcha musulmonlami AQSHga qarshi “muqaddas urush” (jihod) ochishga bir necha bor da’vat qilib kelgan. Afg‘oniston mazkur yirik terrorchilik harakatini sodir etgan tashkilotga boshpana bergan hudud sifatida tarixda qoldi. “Al- Qoida”ning asosiy operatsiyalari Afg‘onistonda amalga oshirildi va Afg‘oniston mazkur terrorchi tashkilot uchun o‘ziga xos tayyorgarlik bazasi vazifasini o‘tadi. “Al-Qoida” terrorchilari o‘zlarining yovuz maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida Afg‘oniston hududidan bemalol foydalandilar va ularga “Tolibon” harakatining panoh berganligi Afg‘onistondagi toliblar hukumatining xalqaro terror chi hamda ekstremistlar bilan hammaslak ekanligini butun dunyo hamjamiyatiga namoyon qildi. 2001-yil 11-sentabrda AQSHda so dir etilgan terroristik xurujlar Afg‘oniston va butun jahon siyosa tini tubdan o‘zgartirib yubordi. Ushbu fojiali voqealar Usoma bin Laden va uning “Al-Qoida” xalqaro terroristik tashkiloti nazdidagi xalqaro terrorizm nafaqat AQSHga, balki butun g‘arbga tahdid soli- shi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Biroq, bu voqealaming eng jiddiy oqibatlari Afg‘onistonda mana 15 yildan buy on davom etayotgan yirik harbiy kampaniyaning boshlanishiga olib keldi. 2001-yilning 11-sentabridagi fojiali voqealami tashkil etgan va amalga oshirgan “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘ining Afg‘onistondan panoh topganligi voqealaming boshqacha rivojlanishiga va Yevroosiyo qit’asida katta geosiyosiy o‘zgarishlar ro‘y berishiga olib keldi. 2001-yilning 7-oktabrida AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘ining Afg‘onistondagi harbiy-kommunikatsion nuqtalarini yo‘q qilish va mazkur tashkilot ga panoh bergan “Tolibon” hukumatiga barham berishga qaratilgan keng ko‘lamli kontrterror operatsiyasi boshlandi. Amerika armiyasi toliblaming asosiy kuchlariga sezilarli darajada zarba berish bilan bir vaqtda toliblarga qarshi bir necha yildan beri mardonavor kurashib kelayotgan “Afg‘onistonni qutqarish bo‘yicha birlashgan islomiy ittifoq” (Shimoliy Alyans)ga ham tegishli yordam ko‘rsatdi. Achinarlisi shunda ediki, xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda mazkur operatsiyani boshlash oldidan Shimoliy Alyans saflari jiddiy yo‘qotishga uchradi. 2001-yilning 9-sentabr kuni Usoma bin Laden tomonidan uyushtirilgan suiqasd oqibatida Shimoliy Alyansning mashhur yetakchisi Ahmadshoh Mas’ud halok bo‘ldi. “Al-Qoida” tashkilotining ikki nafar terrorchisi arab telekanalining muxbirlari niqobida A.Mas’uddan intervyu olish maqsadida Shimoliy Alyans qarorgohiga yetib kelishadi va ulaming qo‘l ostidagi telekamerada joylashtirilgan portlovchi moslamaning portlashi natijasida taniqli qo‘mondon halok bo‘ldi. Usoma bin Laden 2001-yilning 11-sentabrida AQSHda terror- chilik harakatlarini rejalashtirar ekan, mazkur harakatlar sodir etilgach, o‘z tashkilotiga qarshi va unga panoh bergan “Tolibon” hukumatiga qarshi AQSH tomonidan tegishli harbiy operatsiya o‘tkazilishini oldindan ko‘ra olgan edi. AQSH tomonidan bunday operatsiya о ‘tkazilsa, “Al-Qoida”ning ham, “Tolibon” hukumatining ham Afg‘onistondagi harbiy qudrati sindirilishi hamda ulaming hukmronligiga barham berilishi va natijada Afg‘oniston siyosiy sahnasiga yana Shimoliy Alyansning chiqishini anglagan Usoma bin Laden Ahmadshoh Mas’udni bartaraf qilish orqali uni kelgusida barpo etiladigan yangi afg‘on davlatidayetakchi shaxsga aylanishini oldini olish va Shimoliy Alyansning parchalanib ketishiga erishish- ni moTjallagan edi. 2001-yilning 7-oktabrida Afg‘onistonda AQSH yetakchiligida boshlangan aksilterror operatsiyasi davomida “Tolibon” kuchlariga havodan zarba berilib, ulaming harbiy infratuzilmasiga j iddiy shikast yetkazildi106. Ammo, shunday boTsa-da, toliblaming 40000-50000 kishilik va “Al-Qoida” xalqaro terroristik gumhining esa 5000 kishilik piyoda jangarilardan iborat asosiy kuchlari mamlakatning yirik shaharlarini o‘z nazoratida ushlab turar edi. Toliblaming ush bu kuchlariga zarba berishda 15000 kishilik harbiylardan iborat Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling