“Shimoliy alyans” tarkibiga kiruvchi Muhammad Qosim Fahim107,
Ismoilxon, A.Do‘stum va A.Xaliliy yetakchiligidagi
kuchlar katta
rol o‘ynadi108. “Shimoliy alyans” harbiy kuchlari harakati natijasida
9-noyabrda Mozori Sharif, 12-noyabrda Hirot, 13-noyabrda Ko
bul, 15-noyabrda Jalolobod shaharlari109 va nihoyat 9-dekabrda
Qandahor shahri toliblardan ozod qilindi va natijada “Tolibon”
boshqaruviga barham berildi110.
AFG‘ONISTONDA YANGI HUKUMATNING
SHAKLLANTIRILISHI
Afg‘onistonda AQSH yetakchiligida
olib borilgan aksilterror
operatsiyasini amalga oshirish va “Al-Qoida” terroristik guruhi
infratuzilmasi hamda “Tolibon”
boshqaruviga barham berish
bilangina afg‘on zaminida butkul tinchlik va barqarorlikni o‘matish
mumkin emas edi.
Shu sababli Afg‘onistonda urushdan keyingi hayotni yo‘lga
qo‘yish va buning uchun birinchi navbatda hokimiyat tuzilmalarini
shakllantirish dolzarb masalaga aylandi. Bu jarayonlarga BMT
faol
kirishib, 2001-yilning 27-noyabr - 4-dekabr kunlari uning
shafe’ligida Bonn shahrida “Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralar”
(Talks on Afghanistan) mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib
o‘tdi. Unda quyidagi to‘rtta delegatsiya ishtirok etdi:
- Pokistondagi afg‘on muhojirlari nomidan “Peshovar guruhi”;
- Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi
hazoriylar va shia
107 2001 йил 9 сентябрда “Шимолий альянс” хдрбий кучларининг
етакчиси Ах,мадшох, Масъуд Усома бин Ладен томонидан уюштирилган
суикасд натижасида халок б^лгач, “Шимолий альянс” харбий кучларига
рахбарлик килиш А.Масъуднинг уринбосари генерал (кейинчалик маршал)
Do'stlaringiz bilan baham: