Yangi Oʻzbekiston


Download 20.52 Kb.
bet1/3
Sana23.02.2023
Hajmi20.52 Kb.
#1224283
  1   2   3
Bog'liq
Vertikal boshqaruv tizimi


“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining shu yil 21-yanvar sonida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning “Yaxlit vertikal boshqaruv tizimi yoshlar bilan ishlashning yangi davrini boshlab beradi” nomli maqolasi chop etildi. Quyida uni oʻqishingiz mumkin.
2021-yil tom maʼnoda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash yili boʻldi. Yil davomida uyma-uy yurib, “Yoshlar daftari” tizimi orqali 700 mingga yaqin yoshga xonadonbay yordam berildi. Yozda oʻgʻil-qizlarning vaqtini unumli oʻtkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotga, ertangi kunga ishonchini oshirish, dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivali oʻtkazildi. Tadbirga 6 millionga yaqin yigit-qiz qamrab olindi.
Oʻtgan yili yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jarayonida faqat madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish bilangina cheklanib qolganimiz yoʻq. Yigit-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun har jihatdan koʻmaklashdik. Shu maqsadda ularga 3 trillion soʻmga yaqin kredit ajratildi. Bundan tashqari, mamlakatimiz tarixida birinchi marta chekka hududlar, jumladan, qishloq joylarda yashovchi yoshlarga yer ajratib berildi. Ular dehqonchiligini yoʻlga qoʻyib, baʼzilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu yurtimizda nafaqat old safdagi, yaʼni iqtidorli, bilimli yoshlarni, balki orqa safda deb bilganimiz — shahar markazidan uzoq, chekka hududlar, qishloqlardagi yigit-qizlarni ham qoʻllab-quvvatlovchi yaxlit tizim yaratilganidan darak beradi.
Hozir mamlakatimizda 7 milliondan ortiq 18-30 yoshlilar istiqomat qilib, aholining 60 foizini oʻttiz yoshgacha boʻlganlar tashkil qiladi. Bu — yoshlar mamlakatimizni rivojlantiradigan kuch, yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot drayveri, degani. Davlatimiz rahbarining kuni kecha eʼlon qilingan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini oʻtgan yili boshlangan xayrli ishlarning mantiqiy davomi, desak yanglishmaymiz. Chunki, haqiqatan ham, xonadonbay yurib, yoshlarning muammolarini oʻrganib, hal etishga koʻmaklashish, davlatimiz ularning ortida tayanch boʻlib turganini, fikr-mulohazalarini eshitishga tayyor ekanini bildirish uchun, albatta, mahallalarda yoshlarning vakili boʻlishi shart edi.
Mazkur qarorga binoan, yoshlar muammolarini mahallaning oʻzida oʻrganib, uni toʻrt bosqichda: mahalla — tuman — viloyat — respublika darajasida hal etadigan yaxlit vertikal boshqaruv tizimi yaratiladi. U orqali biz har bir xonadonga kirib boramiz. Oʻgʻil-qizlarni ilm-fanga qiziqtirish, intellektini rivojlantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitobxonlik, madaniyat, mushoira kechalari, tadbirkorlik loyihalarini tashkil qilish, umuman, har bir yoshning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish imkoniga ega boʻlamiz. Deylik, bitta mahallada “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazib, hech boʻlmaganda, 10 nafar bilimdon yoshni kashf etsak, tasavvur qiling, oʻn mingga yaqin mahalladan intellektual salohiyatli qariyb yuz ming oʻgʻil-qizning yuzaga chiqishiga erishamiz. Bu tizim orqali yuz minglab yoshlarni bilim olish va tadbirkorlikka qiziqtirishimiz, bandligini taʼminlashimiz mumkin. Umuman olganda, bu ishlar Yoshlar ishlari agentligining vakili — har bir mahalla yetakchisining kundalik ish rejasidan oʻrin oladi.
Bundan tashqari, mahalladagi yetakchilar “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga moddiy koʻmaklashish, imkoniyati cheklangan oilalar farzandlarining toʻlov-shartnoma summasini toʻlab berish, yigit-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi yoki yer olishi uchun hokimning mahalladagi yordamchisi bilan hamkorlik qilish, bolalarning sport, ilm-fan, madaniyat yoʻnalishidagi toʻgarakka qatnashish xarajatini qoplab berish kabi oʻndan ziyod imtiyozni toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etishi mumkin. Prezidentimiz qarorida yoshlar yetakchisining oltita yoʻnalishdagi asosiy vazifalari belgilab berilgan. Bular — madaniyat va sanʼatni targʻib qilish, sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish, maʼnaviyat va kitobxonlikni targʻib qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash.
Shubhasiz, ularning fidoyi xizmatini munosib ragʻbatlantirish ham qarorda koʻrsatilgan. Jumladan, mahallasida yoshlarning muammosini hal etish, hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish, jinoyatchilikni kamaytirish, oʻgʻil-qizlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishda oʻrnak boʻlgan, yoshlar bandligini taʼminlashda hokim yordamchisi bilan namunali hamkorlikni yoʻlga qoʻygan yetakchilar “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi. Yana bir muhim jihat: mana shunday namunali yetakchilar ish faoliyati natijasiga qarab Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi. Bu ularning kelgusida oʻz yoʻnalishi boʻyicha masʼul lavozimga tayinlanishi, sektor rahbari, hokim, vazir darajasiga yetishishida oʻziga xos pillapoya vazifasini oʻtaydi.
Qarorda yetakchilar zimmasiga “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish vazifasi yuklangan. Shu oʻrinda bu vazifa qanday amalga oshiriladi, degan savol paydo boʻlishi tabiiy. Bu tizimlar toʻliq raqamlashtirilgan koʻrinishda boʻladi. Yetakchilar hozirgi davr talablariga mos planshet bilan taʼminlanadi, ular uchun zamonaviy ish sharoiti yaratilishi koʻzda tutilmoqda. Mana shu imkoniyatdan foydalanib, bu yetakchilar mahalladagi yoshlar muammolarini oʻrganib, ularni hal etish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri raqamlashtirilgan tizim orqali ishlaydi.
Yuqoridan pastgacha vertikal aloqa ierarxik tuzilmaning eng yuqori pog'onasidan eng pastgacha: boshliqdan bo'ysunuvchilargacha keladi. Bu odatda buyruqlar, buyruqlar vazifalar, maqsadlar va bajarish usullarini tushuntirishlari bilan, shuningdek qo'l ostidagilarning ishini baholash, urinish ularning motivatsiyasini, qo'llab-quvvatlashini va nazoratini rag'batlantirish. Ushbu turdagi aloqa muammolariga quyidagilar kiradi: Ijrochilar va etakchilar ko'pincha turli tillarda gaplashadilar (so'zma-so'z va majoziy ma'noda). Muloqotning ishchi tili ingliz tili bo'lsa ham, kasbiy tayyorgarlik darajasi boshqacha, shuning uchun suhbatdoshlardan biri texnik yoki professional atamalarni suiiste'mol qilsa, noto'g'ri tushunish xavfi mavjud. Qoidaga ko'ra, quyi bo'g'inlarda mahalliy milliy madaniyat vakillari ishlaydi, ular uchun menejerlarning tili ko'pincha mahalliy bo'lmagan, shuning uchun oddiy, tushunarli lug'atdan foydalanish kerak. Ba'zida menejerlar ijrochilarga qanday ma'lumotlarni yuborish kerakligini baholashlari qiyin: uning etishmasligi xodimga vazifani to'g'ri va samarali bajarishga imkon bermaydi va uning ortiqcha bo'lishi asabiylashishga olib keladi. Shuning uchun ma'lumot to'g'ri dozalangan bo'lishi kerak. Kimga pastdan yuqoriga vertikal aloqa bog'lash hisobotlar, eslatmalar, har xil xabarlar rahbarga ishning borishi, yuzaga kelgan muammolar, innovatsion g'oyalar, oqilona takliflar, shuningdek so'rovlar. Bu menejerlar uchun juda muhimdir qayta aloqa”, ishlarning ahvoli, ishchilarning ruhiy holati va haqida ma'lumotni o'z ichiga oladi mumkin bo'lgan sabablar norozilik. Ushbu turdagi tashkiliy aloqa muammolari juda ko'p: Ijrochilar ko'pincha jazolanish yoki ishdan bo'shatishdan qo'rqib, "tepaga" salbiy izohlar yubormaydilar; Ko'pincha yo'naltirilgan mulohazalar menejerning bandligi tufayli javobsiz qoladi va ishchi ushbu turdagi aloqaning foydasizligini his qiladi; Ba'zan pastdan yuborilgan tanqid o'z manziliga etib bormaydi, chunki uni bevosita boshliq ushlab turadi; Ba'zi muammolarni aniqlash uchun bo'ysunuvchilar ko'pincha menejerlarga emas, balki teng maqomdagi hamkasblarga murojaat qilishni afzal ko'radilar; Ko'pincha bu turdagi aloqaning yo'qligining sof geografik yoki hududiy sababi bor: bo'ysunuvchilar va menejerlar ishlaydigan binolar binoning turli qavatlarida, ba'zan esa turli binolarda, shaharlarda va hatto mamlakatlarda joylashgan bo'lishi mumkin. tuzilishi va samarali aloqa. Ushbu muammolarni hal qilishning bir necha yo'li mavjud: § tashkilotga anonim taklif va mulohazalar uchun maxsus qutilar qo'yish; § rahbariyat eng faol xodimlarni mukofotlash tizimini ishlab chiqishi mumkin; § boshqaruv oraliq to'siqlarsiz, to'g'ridan-to'g'ri eng past darajadan eng yuqori darajagacha bo'lgan aloqa tizimi haqida fikr yuritishi mumkin; § buyurtmani kiriting majburiy ro'yxatga olish qabul qilingan javoblar monitoringi bilan barcha xabarlar.

Vertikal mehnat taqsimoti ish muvaffaqiyatli bo‗lishi uchun turli 
darajadagi ishni muvofiqlashtirishdan iboratdir. Biriktirilgan reja asosida vertikal ish taqsimoti quydagi yo‗nalishlar bo‗yicha amalga oshiriladi: umumiy boshqaruv; 
texnologik boshqaruv; iqtisodiy boshqaruv; tezkor boshqaruv. Ko‗rib chiqilgan tashkiliy tuzilmalar asosiy bo‗lib, muayyan boshqarish obyektiga nisbatan mufassallashtirilishi mumkin. Mehmonxona korxonasining tashkiliy tuzilmasi uning vazifasi, nomer fondining sig‗imi, mehmonlarning o‗ziga xos xususiyatlari va boshqa bir qancha omillar bilan belgilanadi.


2022-yil 19-yanvar. Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv tizimi joriy etildi, 9406 mahallada yoshlar yetakchisi ish boshladi. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi.
Ochiq tanlov asosida yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, fidoyi va vatanparvar yoshlar saralab olinib, yoshlar yetakchisi lavozimiga tayinlandi. Ular bilan kunlik muloqot qilib borish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Respublika komissiyasi hududlarda oʻrganishlar tashkil etib, sektor rahbari, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli bilan yoshlar yetakchisining oʻzaro hamkorligi va yakdil harakati yoʻlga qoʻyildi. Qulay sharoitga ega xizmat xonalari, moddiy-texnik jihozlar (mebel, kompyuter, planshet, internet) bilan taʼminlandi.
Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan yoshlar yetakchilari malakasi va siyosiy savodxonligini oshirish, asosiy faoliyat yoʻnalishlari, vazifa va vakolatlarini tushuntirish maqsadida oʻquv-seminar va trening mashgʻulotlari tashkil etildi. “ilm.argos.uz” platformasida oʻquv materiallari bazasi yaratilib, onlayn oʻqitish yoʻlga qoʻyildi. Shu bilan birga, 9500 ga yaqin nusxada yoshlar yetakchilari uchun 5 ta mavzuda uslubiy-qoʻllanmalar, yoshlar bilan ishlash uchun “Yon daftarcha” va yoshlar siyosatiga masʼul rahbarlar uchun eslatma broshyuralar tayyorlanib, yetkazib berildi.
Mahallalarda yetakchilar tomonidan yoʻlga qoʻyilgan eng sara tajribalarni respublikadagi barcha yetakchilarga yetkazish, ularni zamonaviy dunyoqarashga ega liderlar etib tarbiyalash maqsadida “Yoshlar ovozi” gazetasini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yangicha ruh va dizaynda chop etish hamda har haftada 2 marotaba har bir mahallaga yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi. 2022-yilda eng ilgʻor 100 nafar yoshlar yetakchisi bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi. Har bir tumanda faoliyati namunali deb topilgan 1 nafardan, jami 207 nafar yetakchi Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilib, tuman (shahar) sektor sardorlari etib belgilandi.
O‘tgan yili yoshlar yetakchilaridan 617 nafari turli OTMlarning sirtqi boʻlimiga oʻqishga qabul qilindi. Ular orasidan faoliyati davomida yuqori samaradorlik koʻrsatgan 500 nafarining birinchi yarim yillik shartnoma toʻlovlari uchun belgilangan mablagʻlar (3 335 247 595 so‘m) Agentlik tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan toʻlab berildi.
 

Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling