Yangi Oʻzbekiston


Yoshlarning ijtimoiy muammolari hal etildi


Download 20.52 Kb.
bet2/3
Sana23.02.2023
Hajmi20.52 Kb.
#1224283
1   2   3
Bog'liq
Vertikal boshqaruv tizimi

Yoshlarning ijtimoiy muammolari hal etildi
Yetakchilar 14-30 yoshdagi 9,1 million yoshlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, 5 toifa (bandlik, taʼlim, oilaviy, ijtimoiy va salomatlik holatlari) asosida “Yoshlar balansi”ni shakllantirib, maxsus elektron platformaga kiritdi. Mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi hamda “Yoshlar daftari” tizimi raqamlashtirilib, 19 ta vazirlik va idoralarning 27 turdagi axborot bazalari bilan integratsiya qilinishi natijasida yoshlar murojaatlarini koʻrib chiqish muddati 30 kundan 5 kunga, yordam koʻrsatish 40 kundan 16 kunga qisqarishiga erishildi. Yoshlarga koʻrsatiladigan yordam turlari 11 tadan 25 taga yetkazildi.
Yil davomida 476 ming 454 nafar uyushmagan, ishsiz, jinoyatchilikka moyil, ijtimoiy himoyaga muhtoj va tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar bandligi taʼminlanib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etildi. Buning uchun jami 3 trillion 460 milliard soʻm sarflandi. Jumladan, “Yoshlar daftari” tizimi orqali:
– ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj 180 123 nafar yoshga 560 milliard soʻm;
– 35 949 nafar yoshga asbob-uskuna, mehnat qurollari, urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun 81, 9 milliard soʻm;
– 13 800 yoshlarning muddatli harbiy xizmatni oʻtash badali uchun 66 milliard soʻm;
– 4303 nafar yoshlarni kasb-hunar, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, sport va madaniyat yoʻnalishlarida oʻqitish maqsadida 5,4 milliard soʻm;
– 8500 yoshning haydovchilikka oʻqish xarajatlarini qoplash uchun 11,1 milliard soʻm;
– 44 997 nafar talaba-yoshning kontrakt to‘lovlari uchun 141,6 milliard soʻm;
– 121 731 nafar yoshga tadbirkorlik uchun 2,9 trillion soʻm;
– 127 000 talaba-yoshga imtiyozli taʼlim krediti uchun 1,5 trillion soʻm;
– 174 598 nafariga dehqonchilik uchun 36 300 gektar ekin maydonlari ajratilib, bandligi taʼminlandi.
6,2 million yoshni qamrab olgan tashabbus
“Yoshlarning boʻsh vaqti – yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida koʻchama-koʻcha tadbir va loyihalar, tanlov, musobaqa hamda toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, maktablarning sport va faollar zali hamda kompyuter va kutubxonalarida har kuni soat 16:00 dan 23:00 gacha toʻgarak va mashgʻulotlar tashkil etilib, har kuni oʻrtacha 300 mingga yaqin yoshlarning boʻsh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda.
Shuningdek, 20 ta tanlov va musobaqadan iborat 5 bosqichli (mahalla–sektor–tuman–viloyat–respublika) “Besh tashabbus olimpiadasi” 2 ta mavsumda oʻtkazilib, jami 6,2 million nafar yosh qatnashdi. Jumladan:
2,8 mln. nafari – sport musobaqalariga;
918 000 nafari – madaniyat va sanʼat tanlovlariga;
916 000 nafari – kitobxonlikka;
542 000 nafari – kiber musobaqalarga;
1,1 mln. nafari – intellektual oʻyinlarga qamrab olindi.
Birgina 10 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Yosh kitobxon” tanlovini oʻtkazish orqali kitobxon yoshlar soni 640 000 nafarga, kitobxon oilalar soni esa 56 000 taga oshdi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Jadidlar” rukni ostida 8 ta kitobdan iborat toʻplam 184 ming nusxada chop etilib, taʼlim muassasalari va mahallalarga yetkazildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” natijalariga koʻra:
sport boʻyicha – 3276 nafar;
madaniyat va sanʼat boʻyicha – 1132 nafar;
intellektual oʻyinlar boʻyicha – 756 nafar;
kitobxonlik boʻyicha – 328 nafar;
Axborot texnologiyalari boʻyicha – 392 nafar iqtidorli 
Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling