A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

17 
’ 
a w H


yarim hududlari zabt etildi. Birinchi fors podshohi Kir II ning hukm­
ronligi mil.avv. 530-yilda massagetlar bilan bo ‘lib o ‘tgan urushda 
halok b o ‘lguniga qadar davom etdi4. Shundan so‘ng uning o ‘g ‘li 
Kambiz taxtga o ‘tiradi. Kambiz haqida garchi, tarixiy manbalarda 
yozib qoldirilgan m a’lumotlar kam bo ‘lsa-da, lekin uning mil.avv. 
525-yilda Misrda erishgan muvaffaqiyatli g ‘alabasi haqida ko‘plab 
nodir m a’lumotlar mavjud.
Kambizning o ‘limidan keyin mil.avv. 522-yilda Ahamoniylar 
sulolasidan yangi hukmdor hokimiyatga chiqdi. Yangi hukm- 
dor Buyuk Doro sifatida tanilgan (shuningdek, u Doro I deb ham 
atalgan)5. U taxtni janjalli tarzda meros qilib oldi. Yunonlaming 
taniqli ikki tarixchilari Gerodot va Ktesiylar tasvirlaganlaridek, 
fors imperiyasining xronologik tavsifida Doroning taxtga chiqishi 
haqidagi to‘liq tafsilotlar mavjud. Shunga qaramay, Doroning yana 
boshqa shaxsiy, hayotiy voqealarining tavsifidan to ‘qima hikoya- 
lar mavjud. Hikoyaning bir qancha ko‘rinishlari shubhali va yu- 
non tarixchilari Gerodot, Ktesiylaming hisobotlariga zid tuzilgan. 
Bu hikoyalarga, shuningdek, Doro I ning buyrug‘i bilan Behistun 
tog‘laridagi qoyatoshlarga uch til (qadimgi fors, elam va bobil 
tillari)da o‘yib yozilgan yozuvlardagi m a’lumotlarga ko‘ra, Doro 
fors saltanatida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan Hishtaspning 
o ‘g‘li bo‘lgan. Kir II Ahamoniylar davlati hukmdori bo‘lgan davrda 
ham Doro yosh bo'lgan va Kir II o‘sha paytdanoq uning fors pod- 
shohligi taxtini fitna yo‘li bilan olib qo‘yishidan gumonsirar edi. Kir
II ning o ‘limidan so‘ng, Doro shoh Kambizning podshohlik oilasi- 
ga tegishli shaxsiy tansoqchi guruhining a ’zosi bo ‘lib xizmat qildi. 
Behistun qoyatosh yozuvlariga ko‘ra, Kambiz mil.avv. 521-yilning 
mart oyida Doroning qo‘lida jon berdi.
Kir II ning Kambizdan tashqari yana Bardiya ismli o ‘g‘li ham 
bor edi. Forslar davlatining podshohligiga da’vogarlik natijasida va
4 Sykes P.A. History of Afghanistan. Vol. 1. - London: Macmillan & Co. 
Ltd, 1940.- P . 45.
5 Runion, M.L. The History of Afghanistan. - London: Greenwood Press, 
2007. - P. 27.


taxt tufayli og‘a-inilar o ‘rtasida nizo kelib chiqadi. G o‘yoki, Kir
II o‘lim to ‘shagidaligida Bardiyaning podshohlikdagi ulushi ko‘p 
ekanligini m a’lum qilgan va to ‘g ‘rirog‘i, fors imperiyasining shar- 
qiy viloyatlarini, y a ’ni hozirgi A fg‘oniston hududlarini Bardiyaga 
meros sifatida qoldirishga farmon bergan edi.
Kambiz Misr taxtini egallashidan oldin o ‘z ukasi Bardiyaning
о ‘ Idirilishini maxfiy rejalashtirdi. Kambiz toj-u taxtidan ajralishdan, 
va yangi hududlar izlab topishdan, mahv etilishdan qo‘rqqan edi. 
Kambiz ukasining muammo bo‘lmasligiga va uning taxti boshqa 
da’vogarlardan xoli ekanligiga ishonib, Misrga jo ‘nab ketadi. Shun- 
ga qaramay, Kambizning ortga qaytish yo‘lida tushunarsiz bir vazi- 
yat kutib turardi. Kambiz misrliklarga qarshi urushda g ‘olib chiqib 
qaytayotganida ukasi Bardiya maxfiy qotillik rejasi tuzgani haqida 
xabar oladi. Doroning ta ’riflashicha, Bardiyaning nomini xoinga 
chiqarishdi, uni taxtga da’vogarlikdan asossiz mahrum qilishdi va 
bunday xiyonatning tagida Gaumata nomli ko‘zboylamachi turar 
edi.
Mil.avv. 522-yilda Gaumata o ‘zini shoh deb e ’lon qiladi va 
podshohlikni o‘z nazorati ostiga oladi. Kambiz Gaumatadan pod- 
shohlikni qaytarib olish uchun unga qarshi urush ochadi. Gaumata 
yetti oy davomida imperiya bo‘ylab fors podshohi bo‘ladi. Afsona- 
larda keltirilganidek, hech kim Dorochalik mardlik bilan yangi pod- 
shohga qarshi chiqa olmadi. Xalq Doroning firibgar va qallob taxtga 
da’vogarlami hokimiyatdan olib tashlashiga ishonardi.
Mil.avv. 522-yilda fors podshohligida hokimiyat uchun kurash 
nihoyasiga yetdi. Doro va uning odamlari firibgar Gaumatani tutib, 
bandi etishdi va so‘ngra uni o‘ldirishdi.
Behistun bitiklarida yozilishicha, Doro shoh sifatida bir qator 
ulkan islohotlami amalga oshirgan. Davlatni imperiyaga aylantir- 
gan. Doro mil.avv. 522-486-yillarda hukmronlik qilgan6 va uning 
hukmronligi davrida imperiya o ‘z kuch-qudratining cho‘qqisiga 
erishgan. Taxtga sirli kelishiga qaramay, u Ahamoniylar sulolasining

Runion, M.L. The History of Afghanistan. - London: Greenwood Press, 
2007.- P . 27.


eng buyuk shohlaridan b o ‘lgan. Behistun bitiktoshlarida yozilishi- 
cha, Doro 19 marta jangga kirgan va 9 ta qo‘zg‘olon yetakchilarini 
mag‘lub etgan. Uning armiyasi xalq qo‘zg‘olonlarini osonlikcha 
yenggan. Doro katta janglarda, yirik sonli qo‘shinni boshqarishda 
o‘zining noyob qobiliyat egasi ekanligi bilan tanilgan.
Doro hukraronligining dastlabki yilida M arg‘iyona (hozir­
gi Afg‘oniston shimoli va Turkmaniston janubi)da Frada ismli 
shaxs boshchiligida qo‘zg‘olon boshlandi. Doro qo‘shini ushbu 
qo‘zg‘olonni tez orada bostirdi hamda Frada qo‘lga olinib qatl etildi.
Shundan so‘ng eramizdan odingi 519-yilga qadar Doro 
fors saltanatining sharqiy hududlarida ham bir qator norozilik 
kayfiyatlarini bartaraf etib, o ‘z hukmronligini o ‘matdi. U o ‘z 
saltanatini mustahkamlash uchun urush orqali davlat hududini ken- 
gaytirish siyosatini olib bordi. Bundan tashqari u Yevropa qit’asi 
hududiga va Hind vodiysi hududiga ham muvaffaqiyatli yurishlar 
qildi.
U shoh bo‘lishdan tashqari boshqaruv va qonunshunoslikda 
tengi yo ‘q shaxs bo'lgan. Kir II dan qolgan qonun-qoidalar asosida 
Doro o ‘z davlatini satrapliklarga bo'lgan. Shuningdek, yagona soliq 
va o ‘lchov tizimini ham muomalaga kiritgan. Doro bundan tashqari 
m e’morchilik ishlariga ham alohida e ’tibor bergan. Doro poytaxt 
Suzada ulkan binolar qurdirgan va bu binolaming devorlari soliq 
olib kelayotgan bo ‘ysundirilgan xalqlaming tasviri bilan bezatilgan.
Doroning davlat boshqaruvida muvaffaqiyatga erishishiga yana 
bir sabab sifatida Kir II va Kambizning diniy siyosatini davom 
ettirganliginiko‘rsatib o‘tishmumkin. Doro o ‘z hukmronligi davrida 
Kir II va Kambizlar tomonidan kiritilgan har xil dinlar tan olindi va 
amalda davom etdi. Doroning o‘zi zardushtiylikka sig‘ingan. Hozir­
gi A fg‘onistondagi Balx viloyati o ‘sha paytda Baqtriya deb nomlan- 
gan va zardushtiylikning markazi hisoblangan. Fors saltanatining 
aksariyat aholisi zardushtiylik dini va aqidalariga ishonishgan. Mil. 
avv. 486-yilda Doroning o ‘limidan keyin Afg'oniston fors Ahamo­
niylar sulolasi vakili Kserks I nomi ostida boshqarildi. U o‘z ajdo- 
dining buyuk ishlarini davom ettirdi.


Kserks I mil.avv. 465-yilgacha 20 yil davomida hukmronlik 
qildi. So‘ngra Kserks I o‘mini Artakserks egalladi. U imperiya poy- 
taxtini Persepoldan Vavilonga ko‘chirdi. Uning hukmronlik davrida 
fors tili davlat tili deb joriy qilindi. Uning o‘limidan so‘ng, katta 
o ‘g‘li Kserks II taxtga o ‘tiradi.
Eramizdan oldingi V asr oxiridan boshlab Artakserks II Ahamo­
niylar shohligida juda uzoq vaqt hukmronlik qildi. Uning 45 yillik 
tinch hukmronlik davrida Afg‘onistonda ham bir qator ishlar amalga 
oshirildi va ko‘plab obidalar qurildi. Artakserks II ning o ‘limi, taxt­
ga xoinlik, zaharlash va qonli yo‘l orqali kelgan Artakserks III nomi 
bilan bog‘liq. Shundan so‘ng Ahamoniylar sulolasida merosxo‘rlar 
orasida toj-u taxt uchun kurash va zo‘ravonlik boshqaruv tizimining 
kuchayishi bilan belgilanadi.
Ahamoniylar hukmronligi davrida mamlakat harbiy toparxi- 
yalarga bo ‘lingan edi (Ahamoniylar davlati Kserks davrida yettita, 
Artakserks davrida to ‘rtta toparxiyaga bo ‘lingan). Forslar hukm­
ronligi davrida baqtriyaliklar, so‘g ‘diylar va xorazmliklar yagona 
bir m a’muriy viloyatni tashkil etganlar. Gerodotning yozishicha, 
fors harbiy qo‘shini saltanat tarkibidagi toparxiyalardagi jangchilar 
hisobiga shakllantirilgan va qo‘shinni tegishli ravishda olti sarkarda 
boshqargan. Baqtriya va So‘g ‘diyona m a’muriy-harbiy birlikka kir- 
gan. Bu kabi birlik Iskandar va Salavkiylar davrida ham saqlanib 
qolgan.
Ahamoniylar davridayoq, sharqiy eroniy xalqlar qo‘shin tarki- 
bida muhim rol o‘ynaganlar. Xususan, Baqtriya forslar armiyasini 
30 ming kishilik suvoriylar bilan ta’minlagan. Forslar qo‘shinida 
baqtriyaliklar midiyalik va saklar bilan bir qatorda asosiy o‘rin 
tutishgan. Yunon dramurgi Esxil forslar qo‘shini tarkibidagi baqtri- 
yaliklami rangdor deb atagan. 0 ‘rta Osiyo va Misrgacha bo‘lgan 
hududlarda mavjud bo‘lgan fors shaharlari qazilma ishlarida to­
pilgan haykalchalarda xorazmliklar, saklar, so‘g‘diylar va baqtri­
yaliklar rangli harbiy kiyimda aks etgan holatda bo‘lishgan. Fors 
sarkardasi Mardoniy Yunonistonda janglarda old qatorda mahoratli 
baqtr jangchilarini qo‘ygan. Aynan forslar mil.avv. I mingyillik


boshlarida suvoriylar qo‘shinini ossuriyaliklaming manyovr qilish- 
ga noqulay ot qo‘shilgan aravalariga qarshi qo‘yganlar. Yunon-fors 
urushlariga qadar forslaming qo‘shinini hech kim yenga olmagan. 
Zich qator qilib qo‘yilgan yoyandozlar raqib qo‘shinining old qa- 
torini nishonga olganlar va undan keyin otliq kavaleriya, ya’ni su­
voriylar jangga kirishgan.
Mil.avv. IV asr o‘rtalaridan boshlab Fors imperiyasi har to- 
monlama parchalanishni boshladi. Imperiya zaiflashib, ichki nizolar 
o ‘z cho‘qqisiga chiqayotgan bir paytda g ‘arbdan Fors imperiyasiga 
Makedoniyalik Iskandar hujum qildi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling