A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Afg'oniston hududidagi qadimgi davlatlar


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

Afg'oniston hududidagi qadimgi davlatlar
D a v la to b o d
v a
M o z o r i - S h a r i f oraligM dagi 
u n c h a
katta 
b o l m a g a n m a y d o n d a b esh y o k i oltita v o h a g a ajra tilu v ch i o ‘troq 
d c h q o n va c h o r v a d o r l a r n in g b ir n e c h a o 'n l a b m a n z ilg o h la ri ochil- 
gan. Vohalar s u g ‘orish ishlari q u la y b o ‘lgan k ichik d a r y o c h a la r 
b o 'y l a r id a jo y l a s h g a n . S h im o liy A f g 'o n i s t o n t u p r o g ‘ining u n u m - 
dorligi juda y axshi m a ’lum.
Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu yerda 
bn>n/a d a v r id a y o q v o h a d e h q o n c h ilig i y u z a g a k elg an . H a r b ir v o h a
I gek targ a yaqin m a y d o n g a eg a b o 'l g a n o 'z i n i n g m a r k a z ig a ega. 
Q a l ’a atrofi x o m g 'i s h t d a n te r i l g a n d e v o r b ilan o 'r a l g a n , h a r bir


burchakda minoralar mavjud bo‘lgan (Dashli I, Girday). Bu juda 
chidamli va o ‘z davrining rivojlangan usulida qurilgan inshoot 
bo‘lgan. Bu vohalar aholisi madaniyatining xarakteri va yuqori da- 
rajasi mil.avv. II mingyillikka oiddir.
Hozirgi paytgacha Shimoliy Afg‘onistonda shahar tipidagi man- 
zilgoh qoldiqlari deb hisoblanuvchi bronza davriga oid yirik yodgor- 
liklar topilmagan. Ehtimol, dehqonlaming yerlami o‘zlashtirishining 
dastlabki bosqichida aholining joylashishi juda sekinlik bilan 
o ‘tgandir. Shu sababli jamoalaming kichik-kichik guruhga b o ‘linib, 
bir-biridan uncha uzoq bo‘lmagan hududlarga joylashishi ustun 
b o ‘lgan, ammo ular favqulodda vaziyatlar yuz berganda o‘zlarini 
butun bir organizm deb hisoblaganlar.
Shimoliy Afg‘onistondan topilgan topilmalar orasida bronza 
davriga oid anchagina qimmatli buyumlar bilan bir qatorda naqshlar 
bilan bezatilgan tilla idishlar ham topilgan. Ular biror boy kishining 
dafn marosimida ishlatilgani yoki ibodatxona xazinasida mavjud 
bo‘lganiga aslo shubha yo‘q. Shunday qilib xulosa qilish mum- 
kinki, mil.avv. II mingyillikda Shimoliy Afg'oniston hududida ham 
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining rivojlangan ko'rinishi mavjud 
bo'lgan. Ammo mamlakat janubida bu jarayon mil.avv. Ill mingyil- 
likdayoq boshlangan edi.
Bronza davridagi bu yuqori madaniyatni tashkil etgan qadim­
gi qabilalaming etnik va til xususiyatlari haligacha to'liq aniqlan- 
magan. Ilk dehqonchilik davridayoq bu hududlarda antropologik 
tipi bo'yicha Afg'onistonning hozirgi aholisiga o'xshaydigan yev- 
ropoid tipidagi boshi uzun aholi yashagan. Ammo shunga o'xshash 
antropologik tip 0 ‘rta Sharq ilk dehqonchilik madaniyatining ak- 
sariyatida, jumladan, Xarappa madaniyati egalarida ham uchraydi. 
Xarappa yozuvidagi qo'lyozm alaming tahlili shuni ko'rsatadiki, 
ulaming tili qadimda keng tarqalgan dravid xalqining tiliga ya- 
qin bo‘lgan. Shunday yozuvlar Janubiy Turkmanistonda Oltintepa 
qazishmalari vaqtida ham topilgan. Bundan ko'rinadiki, Janubiy 
Turkmaniston, Shimoliy Eron va Afg'onistonning katta qismidagi 
qadimiy qabilalar dravid tili va shevasida gaplashgan. Eronning ja-


nubida esa, aksincha, dravid tili bilan bir qatorda elam yozuvidagi 
yodgorliklami ko‘plab ko‘rish mumkin.
Mil.avv. II mingyillikda vaziyat o ‘zgaradi. Afg‘oniston hudud- 
larida hind-eron guruhi tilida gaplashuvchi aholi yashagan deb hisob- 
lashga barcha asos bor. Qadimgi eron va qadimgi hind tillari yago- 
na tildan kelib chiqqan; ular undan grammatik tuzilish va leksika 
o ‘zaklarini meros qilib olganlar.
A fg‘onlaming tili - pushtu eroniy tillar oilasiga mansub. Til- 
shunos olim B.A.Domning xulosasiga ko‘ra, pushtu tili tojik va 
yangi hind tillarining ta ’sirida vujudga kelgan. Hind-eron tiliga oid 
umumiy so‘zlami tahlil qilish bu qabilalar dehqonchilik bilan ta- 
nish, ammo asosiy boyligi chorva bo ‘lgan qabilalar bo ‘lganini is- 
botlash imkonini berdi. Harbiy bilimlar allaqachon rivojlangan edi. 
G ‘ildirakli aravalar kashf etilgan edi. Asta-sekin podshoh hokimi- 
yati darajasiga ko‘tarilgan sardorlar boshqaruvi o ‘sha paytdayoq 
mavjud edi. Qadimgi hind tilini tarqatgan aholi Shimoliy Hindis- 
tonda tarqalgan edi, ular sekin-sekin dravidlaming mahalliy aholisi 
bilan aralashib, dravidlar Shimoliy Hindistondagi oriylar tiliga katta 
ta ’sir ko‘rsatgani haqida m a’lumotlar beriladi. Bu tildagi qadimiy 
yodgorlik - Rigveda ko‘pchilik mualliflar tomonidan mil.avv. XII-X 
asrlarga tegishli deb davrlashtiriladi, ammo ulaming bu hudud- 
larga tarqalishi mil.avv. II mingyillikning 1-yarmi deb taxmin qili- 
nadi. Shubhasiz, bu hodisa Afg‘oniston hududiga ham ta ’sir qilmay 
qolmaydi, ko‘plab tadqiqotchilar ham hind-oriylaming ajdodlari 
ma’lum vaqt mobaynida 0 ‘rta Osiyo va Eron hududlarida fors qabi- 
lalarining ajdodlari bilan birgalikda yashagan deb taxmin qiladilar.
Yaqin Sharqda “oriy” nomi va maxsus iborasining paydo 
bo'lishi mil.avv. II mingyillikka oid eron tili guruhiga aloqadordir. 
Mil.avv. I mingyillikda hozirgi Afg‘oniston hududlari va 0 ‘rta 
Osiyoning katta qismi eron tilida gaplashuvchi qabilalar tomonidan 
cgallangandi, ulaming alohida viloyatlarga bergan nomlari bir ne- 
cha asrlar davomida saqlanib qoldi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, mil.avv. II mingyillik 2-yar- 
mida, balki undan ham ertaroq Afg‘oniston va qo‘shni viloyatlarga


eron tilida gaplashuvchi qabilalaming ko‘chib borishi va mahalliy 
aholi bilan assimilyatsiya jarayoni kuzatilgan. 0 ‘sha davrda mahal­
liy aholi va ко‘chib borgan hind-eron guruhidagi aholi o‘rtasida 
til b o ‘yicha ham assimilyatsiya jarayoni kuzatilgan. Ushbu vilo- 
yatlarda mahalliy, yuqori darajada rivojlangan o ‘troq dehqonchilik 
an’analari saqlanib qolgan. Bu A fg‘onistonning qadimgi tarixi va 
aholisi hayotida muhim davr bo‘lgan.
Afg'oniston qadimgi tarixining o‘ziga xos xususiyatlaridan 
biri - bu yerda turli madaniyatlaming mavjudligidir. Afg‘oniston 
shimolida madaniyat jihatidan Shimoliy Baqtriyaga (Amudaryo- 
ning o ‘ng qirg‘og‘i) yaqin bo ‘lgan Janubiy Baqtriya (Amudaryo- 
ning chap qirg‘og‘i) joylashgan. Afg‘oniston shimoliy-g‘arbida 2 
madaniyat: baqtriya va parfiya madaniyatini o ‘zida birlashtirgan 
Areya (Hirot vohasi) joylashgan.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, A fg‘oniston davlati tari­
xiga nazar tashlaydigan bo ‘lsak, uning anchagina qadimiy davlat 
ekanligini anglab olish qiyin emas. Buni bir necha o‘nlab yillar 
davomida o ‘tkazilgan tadqiqot ishlari, yirik va ko‘zga ko‘ringan 
olimlaming xulosalari ham tasdiqlab turibdi.
Miloddan avvalgi II mingyillikda Afg'oniston shimolida 
sezilarli rivojlanish ko ‘zga tashlanadi. Bu yerda, Baqtriya tekisligi- 
da qadimgi sharq madaniyatining yangi markazi yuzaga keldi.
Afg‘oniston hududida ham mavjud pasttekisliklar, katta va 
o ‘rta darajadagi tog‘ tizmalari orasidagi so‘lim vodiylar ham deh­
qonchilik, ham chorvachilikning rivojlanishi uchun juda qulay edi.
Miloddan avvalgi I mingyillik boshlarida A fg‘oniston hu­
dudida ham temirdan yasalgan mehnat qurollari va buyumlar 
tarqala boshladi. Mehnat qurollarining takomillashuvi natijasida 
inson faoliyati kengaydi va jadallashdi. Bunga mintaqaning temir
oltin, qalay, qo‘rg‘oshin kabi tog‘ jinslari va qazilma boyliklariga 
boyligi ham kuchli turtki berdi.
Miloddan avvalgi I mingyillik 1-yarmidan boshlab Afg‘oniston 
hududida xo‘jalik hayotining turli sohalari jadal rivojlana boshladi. 
Xususan, metallni qayta ishlash, ulardan mehnat qurollari yasash,


kulolchilik, to‘quvchilik, quruvchilik, zargarlik kabi sohalar 
taraqqiy eta boshladi.
X o‘jalik hayotidagi bu kabi o ‘zgarish va taraqqiyot albatta, 
Afg'oniston hududida kishilik jamiyatining yuqori ijtimoiy-siyo- 
siy birlashmasi - davlatning vujudga kelishi uchun qulay shart- 
sharoit hamda imkoniyatlami yaratib berdi va natijada A fg'oniston 
hududida ham bir qator ilk davlat birlashmalari vujudga keldi. 
Xususan, miloddan avvalgi I mingyillik 1-yarmida Afg'onistonning 
shimoliy qismida Qadimgi Baqtriya, shimoliy-g'arbiy hududlar 
(M urg'ob daryosi vohasi)da Marg'iyona, janubiy-g'arbiy hududlar 
(Helmand daryosi vohasi)da Drangiana (keyinchalik Seyiston), 
hozirgi Hirot vohasida Areya, Qandahor atroflarida Araxosiya, Ko- 
bul va unga tutash hududlarda Gandxara kabi davlat hamda davlat 
birlashmalari paydo b o ‘ldi.
Qadimgi Afg'oniston hududida mavjud bo'lgan bu kabi madani­
yat o'choqlari unga qo'shni bo'lgan davlatlar madaniyatiga ham o‘z 
ta’sirini o'tkazmay qolmagan. Markaziy Osiyoda joylashgan davlat­
lar bir necha ming yillar davomida bir-birining madaniyatiga ta ’sir 
qilib, bu o'lkada o'lm as tarixiy madaniyat o'choqlarining yuzaga 
kelishiga katta ta’sir ko'rsatgan.
Afg'oniston hududida vujudga kelgan ilk davlatlardan biri
- bu qadimgi Baqtriya podsholigidir. Bu podsholik haqidagi 
m a’lumotlar yunon muarrixlari asarlarida uchraydi. Jumladan olim 
va tabib Ktesiy Ossuriya podshosi Nin Belidning miloddan avvalgi
I mingyillik 1-yarmida Baqtriyaga qilgan harbiy yurishi haqida 
ma’lumot beradi. Nin baqtriyaliklaming jangovarliklarini bilgan 
bo'lsa-da, juda katta qo'shini va jang aravasi bilan Baqtriyaga hu- 
jum boshlaydi. Baqtriyaliklar o 'z davlatlari poytaxti Baqtra (hozirgi 
Balx)ni mustahkam mudofaa qo'rg'oniga aylantiradilar. Baqtriya 
hukmdori Oksiart Vatan himoyasiga 400 ming kishidan iborat 

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling