A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Ho‘jjatlarni o‘rganish metod


Download 0.91 Mb.
bet14/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

Ho‘jjatlarni o‘rganish metod - mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to‘g‘risidagi ob’ektiv ma’lumotlarni yig‘ish metodi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi ho‘jjatlardan olinadi:
"Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish usullarini sifatiga qo‘yiladigan talablar;
"Insonga psixofiziologik va psixologik ta’sir ko‘rsatadigan asbob- uskunalarning texnik tavsifnomasi;
"Yoshi, staji, ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar kunimsizligi uning sabablari va hokazolar haqidagi ma’lumotlar;
"Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sogligining holati to‘g‘risidagi ma’lumot.
Mehnat metod - bu kasbiy faoliyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida o‘rganishga qaratilgan tadqiqot metodidir. Kasbiy faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish kunidan keyin standartlashgan sxema bo‘yicha bayonnoma tuldiriladi. Ish joyida tadqiqot olib borish usullari samaralirok hisoblanadi. Tadqiqotchi standart kuzatish chizmasi asosida ishchining faoliyatini o‘rganadi. Bu usullarning afzaligi kasbiy realikka maksimal darajada yaqin bo‘lishidadir.
Kuzatish metodi - ma’lumotlarni psixik xodisalarning qayd etish yo`llari orqali to‘plashdan iborat. Kuzatish ikki turda bo‘ladi-formallashgan kuzatuv va erkin kuzatuv. Erkin kuzatuv tadqiqotning boshlangich bosqichlarida qo‘llaniladi, u o‘rganilayotgan masala mohiyatiga cho‘qurroq kirib borish imkonini beradi. Formallashgan kuzatuv standart dastur asosida olib boriladi hamda kuzatilayotgan voqealar bayonnomada qayd etilgan holda alohida elementlarga bulinadi.
Tadqiqot metod sifatda kuzatishning xususiyati shundaki, ma’lumotlarni to‘plash, turli sezgi organlari yordamida amalga oshiriladi, ya’ni ko‘rish, eshitish, xid bilish va hokazo. Chunki kasbiy faoliyatda xidlar, shovkinlar va shunga o‘xshash holatlar tez kuzatiladi va ular sinovdagilarning psixik holatiga hamda faoliyat mahsuldorligiga, mehnatdan qoniqishiga ta’sir etadi.
Kuzatilayotgan jarayonda tadqiqotchining ishtirok etish darajasiga ko‘ra, kiritilgan kuzatish va tomonli kuzatishga ajratiladi. Kiritilgan kuzatuvda tadqiqotchi guruh tarkibiga kirib, shu guruhning barcha faoliyat turlarini bajaradi. Tomonli kuzatishda tadqiqotchi kuzatilayotgan xodisalardan chetda turib kino yoki videokameraga tushirgan holda psixik xodisalarni tahlil etadi. Kasb psixologiyasining tadqiqot metodi sifatida kuzatish ish o‘rnini tashkil etish va umuman faoliyatdagi vaziyatga baho berish, sinovdagilarning kirishimlilik xususiyatlarini tahlil qilish, uning kasbiy xulqi, kasbiy ta’limi va malakasiga baho berishda qo‘llaniladi. Kuzatishning negativ holatlari olingan ma’lumotlarning yetarli darajada ishonchli emasligi chunki, tadqiqot paytida ba’zida xodisalar ko‘p uchraydi va kuzatilayotgan voqealarga aralashib ketish ehtimoli mavjud bo‘ladi. Kuzatish paytida sinovdagilarga tadqiqot vazifalari haqida ma’lumot berishga to‘g‘ri keladi, bu esa ularning kasbiy xulqi va faoliyatiga o‘zgartirish kiritishlariga olib keladi. Undan tashqari, ishchilar, rahbarlar ham tadqiqot natijalari ularning ish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan kurkishadi.
Kuzatish, suhbat, intervyu.
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o‘rin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlaridan biri - kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo‘lib hisoblanib, uzoq o‘tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo‘lib, keng qo‘lamda foydalanib kelinmokda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti, ko`lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, xodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o‘rganish imkoniyati to‘g‘ildi, sifat hamda mazmun jixatidan katta o‘zgarishlar yuzaga keldi.
Psixologik kuzatish olib borishdan ko‘zlangan maqsad mana bulardan iborat:

  • kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning maqsad ekanligiga ishonch hosil qilish;

  • kuzatishning dasto‘rini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, chizgi tarzda ifodalanishini yaratish, yig’ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.

Kuzatishning ob’ekti va predmeti quyidagi to‘zilishga ega:

  • kuzatishning ob’ekti - inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, emotsional - hissiy kechinmalar, xayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilarni o‘rganishdan iboratdir;

  • kuzatishning predmeti - insonning xilma - xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi, o‘zluksizligi, dinamikasi, o‘ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir;

  • amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo’nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik kurilishi va boshqalar;


  • Download 0.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling