O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
A.M.Shonazarov
KASBIY PSIXOLOGIYA
Ma’ruzalar matni
Samarqand - 2019
A.M.Shonazarov Kasbiy psixologiya: Ma’ruzalar matni. Oliy o’quv yurtlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun. – SamISI, 2019. – 249 bet.
Ma’ruzalar matni bakalavriat Davlat ta’lim standartlariga asoslangan bo’lib, ixtisosligi iqtisodiyot bo’lgan oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yo’nalishlari talabalari uchun o’qishga mo’ljallangan. Ushbu ma’ruzalar matni “Kasbiy psixologiya” fani doirasida yozilgan bo’lib, ma’ruzalar matnida keltirilgan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan bilim asoslari mazmunan kasbiy hamda psixologik tomondan ilmiy asoslangan.
O’quv qo’llanma keng qamrovli tahlil qilinib kitobxonlar ommasi doirasiga, xususan, psixolog, iqtisodchi, kasbiy kompetentlikka ega bo’lgan menejer mutaxassislar diqqatiga havola etiladi. “Kasbiy psixologiya” deb nomlangan ushbu o’quv qo’llanma kelgusida iqtisodiyot yo’nalishi bitiruvchlarining barkamol kadrlar bo’lishlarida hamda ularni shaxs sifatida shakllanib, malakali mutaxassislar bo’lishlarida, tegishli bilim, ko’nikma va malakalarga ega bolishlarida asosiy manba bo’lib xizmzt qiladi. Shuningdek, mazkur ma’ruzalar matni sof kasblarning psixologik asoslari xususida ham nazariy va amaliy ma’lumotlarni beradi. Asosiy e’tibor kasbiy smaradorlikka erishish, kasbiy kompetentlikka ega bo’lgan kadrlarni tayorlash, jumladan, ularning kasbiy, iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy hamda tadbirkorlik sohasining boshqaruvchilarga xos sifatlar, marketing, menejment tadqiqotlarni obyekti va predmeti ekanligiga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |