A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Tipologik yo’nalish vakillari


Download 0.91 Mb.
bet8/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

Tipologik yo’nalish vakillari kasbiy faoliyatni tipologiyalashtirishga e’tibor qaratadilar (Ye.Shpranger, D.Xolland). Xolland o‘z tipologiyasida shaxsning kompleks muljal olishga yo`naltirilgan bir sator tiplarini ajratishga erishdi:
1.Realistik oriyentatsiya;
2.Intellektual oriyentatsiya;
3.Ijtimoiy oriyentatsiya;
4.Konvensional oriyentatsiya;
5.Tadbirkorlik oriyentatsiyasi.
Kasbiy shakllanishini ta’minlashga to‘siq bo‘luvchi bir qator omillar:
1.Mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o‘sib borayotganligi.
2.Kasb tanlashga sabab bo‘luvchi omillarning davriy xarakterga egaligi va kasblar to‘g‘risidagi ijtimoiy ideallarning yagona me’yorining mavjud emasligi.
3.O‘spirin kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga va bozor munosabatlariga hamohang o‘zgarayotganligi hamda kasb-hunar va tegishli mutaxassislik yo‘nalishlari o‘rtasidagi tafovutning keskin ortayotganligi.
4.Yoshlarning mutaxassislik yo‘nalishlarini tanlashlarida aniq tasavvurga, maqsadga, faoliyat yo‘nalishiga va istiqbol rejalarini belgilash qobiliyatiga ega emasligi va boshqalar.
Bolaning fe’l – atvori va tasavvurlarini shakllantirishda umuminsoniy g‘oyalar qo‘llanishini yaratgan hamda murabbiy, ota-onalarga uni qattiq tan jazosidan ko‘ra, shaxsiy ibrat orqali voyaga yetkazish ma’qulligini ko‘rsatgan. 1
Abu Ali Ibn Sino
O‘spirin hunar egallashi bilan unda nafaqat axloqiy hislar, balki xarakterning irodaviy hislatlari ham tarkib topa boshlaydi.
Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Rizo Ogahiy
O‘g‘il va qizlarning aqliy, hissiy va jismoniy imkoniyatlarini g‘oyat ziyraklik bilan kuzatgan holda, ularning fe’l atvorlarini tezroq bilib olish, salbiy va ijobiy sifatlarini osonroq aniqlash, yoqimsiz xatti – harakatlarini bartaraf etish mumkin.
Abdulla Avloniy
Barkamol shaxsning ko‘p qirrali bilimlarga ega bo‘lishi, yaxshi bir kasb – korning sirlarini egallashi ko‘p jihatdan ijtimoiy muhit bilan oilaviy sharoitning uyg‘unligiga bog‘liqdir.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling