A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quydagi ko’rsatkichlarni kiritadi


Download 0.91 Mb.
bet7/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quydagi ko’rsatkichlarni kiritadi:

        1. Shaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash.

        2. Bajarayotgan ishga qo`yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik.

        3. Xdyoti davomida ta’lim olish va o‘rganishga tayyorlik.

        4. Madaniyligi, o‘zga kishilar kadr-kimmatini, farqlarini qabul kila bilish.

        5. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish.

        6. Bir necha sohalarda kasbiy maxoratni namoyish kila olishi.

        7. Yangi loyihalar takdim qilish tashabbusiga ega bo‘lish.

        8. Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko‘nikmasiga egaligi.

K.Farren kasbning yashovchanlik ko’rsatkichlariga quydagilarni kiritadi:

          1. Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqligi.

          2. Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg`unlashish imkoniyati.

          3. Boshqa kasblarda o‘z kompetentliligi va qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyati.

          4. Shaxsiy va moliyaviy ta’minlanganlik.

          5. Kasb bo‘yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi.

          6. Maxoratga etaklovchi bilimga egalik.

          7. Yoshidan qat’iy nazar kasbiy muvaffaqiyatlarda mustaqil bo‘lish.

Shuningdek, yuqoridagi ikkita yashovchanlik ko’rsatkichlari bilan bir
qatorda quydagi ko’rsatkichlarni ham keltirib o’tish joiz: tanlangan ishlab chiqarish sohasining "yashovchanligi", "tashkilotning yashovchanligi", "ishchi o‘rnining yashovchanligi".
XX asrning boshlarida Amerika va Yevropa mamlakatlarida mehnat mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash jarayonida yuzaga kelgan bo‘lib, buning natijasida psixologiyaning insonparvarlik g‘oyalarini singdirish yuz berdi va natijada shaxs to‘g‘risida zamonaviy nazariyalari vujudga keldi. Bunday bog‘liqlik shaxs nazariyasi bilan kasbiy rivojlanish psixologiyasi o‘rtasida aloqa o’rnatishga olib keldi. Oqsbatda kasbiy rivojlanish muammolarini o‘rganishga turlicha yondashadigan beshta asosiy yo’nalishi shakllandi.
Bular:
1) differensial diagnostic;
2) psixoanalitik;
3) qaror qabul qilish nazariyasi;
4) taratsksyot nazariyasi;
5) tipologik yo’nalishlar.
Differensial - diagnostik yo’nalish bo‘yicha izlanishlarda shaxsning kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlash omillariga, kasbga ta’sir ko’rsatuvchi individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo`yilgan talablarga asosiy e’tibor karatiladi. Shuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli faoliyat tashkil etish to‘g‘risidagi qarashlar o‘z aksini topgan (F.Parkinson). Bu yo’nalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning, fikricha, individual sifatlar oddiy ijrochilik operatsiyalarning yig`indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari kasbiy ta’lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir, degan g`oyani ilgari so`rishdi.
Psixoanalitik yo’nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik jixatlarini tahlil qilish bilan shug`ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik mexanizmlar va shaxs to‘zilish stansiyalarigacha bo`lgan turli xil ehtiyojlar yotadi, degan g`oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou).
Saror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o‘rganish uchun yo‘nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e’tibor shratdilar. Ularning qarashlariga ko`ra, har krnday kasbni tanlash kasbiy alternativa va qaror qabul qilishga yo`naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman, O.Har). Bu g`oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan kasbning e’tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga da’vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e’tirof etishadi.1
Taraqqiyot nazariyasi yo’nalishi vakillari rivojlanish nazariyasiga asoslanib ish to’tishgan. Bu yo’nalishning izlanishlari akademik psixologik xarakterga ega bo‘lib, ilk izlanishlar uspirinlarni kasb izlashi bilan bog‘liq xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yo’nalish vakillaridan D.Syuper, Sh.Byo`ler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish bir nechta bosqichlarga ajratiladi:

            1. vujudga kelish bosqichi (tugilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi;

            2. tadqiq etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o‘zining imkoniyatlariga mos kasbni tanlashni niyat qiladi;

1) konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barsaror shaxsiy pozitsiyaga mos kasbiy faoliyat maydoni urnatiladi;
2) saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati xech qayoqqa og`masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo‘yicha kechadi;
3) pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli paydo bo‘lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini kuzatish yetakchi o`ringa chiqadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling