A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3 bosqichini ajratish mumkin


Download 0.91 Mb.
bet6/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3 bosqichini ajratish mumkin:
1. XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo’nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu- mehnat sharoitlari va shu usullarini ratsionalizatsiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta’limining shakllanishi masalalariga e’tiborning kuchayishidir.
2. XX asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi, shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslaxat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
3. XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boqladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslaxat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J.Krites va D. Syuper ishlarida ko‘zga tashlangan. Ammo chet el tajribasi asosida to‘plangan ma’lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati bo’lmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy an’analar yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining rivojlanishiga sabab bulmokda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX asrdan boshlab asos solingan. Bunga ko`proq insonlarni o‘z qobiliyatlari, ehtiyojlari, xohish- istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega bo`lmaganliklari natijasida, kaysidir ma’noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga sabab bo`lgan.
Biroq keyinchalik rus psixologi Ye.A.Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan shu masalaga, ya’ni "kasb tanlash", "kasbga yo’naltirish" kabi masalalarga e’tiborini karatib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. Ye.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondashishlar kuzatila boshlandi, ya’ni ularning barchasi kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasi kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug`ullanuvchi bulimidan iborat. Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor karatiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo`lgan ta’sirini o‘rganadi. Kasbiy psixologiyaning muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.
Xorijiy manbalarda ham insonning kasbdagi faoliyati va xulq-atvori maydoni o‘ziga xos holda belgilanib, "kasb tuqimasi" yoki "mental harita" deb atalgan. "Mental harita" - kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi mumkin bo`lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan kasbiy sohadagi anchagina barqaror ta’lim, kasbning tavsiyanomasi, uning qo‘llanish sohasi, aniq ishchi o‘rniga nisbatan yashovchanligi o`rin olgan.
K.Farrenning qarashlariga tayanib aytish mumkinki, talabalar mutaxassis sifatida shakllanishi davridayoq yashovchanlik ko’rsatkichlaridan bohabar bo‘lishlari muhimdir. Uning fikricha, yashovchanlik ikki xil ko‘rinishga ega bo`ladi: shaxsning yashovchanligi va kasbning yashovchanligi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling