A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Kasb psixologiyaning o‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talaba


Download 0.91 Mb.
bet5/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

Kasb psixologiyaning o‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talaba:
-kasb psixologiyasi fanining mazmun va moxiyati haqida, kasbga yo’naltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari, kasb psixologiyasining metodlari, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi, xronomotraj metodi, kuzatish metodi, test metodlarini bilishi kerak;
- kasb tanlash va shaxs xususiyatlari, kasbiy oz-o‘zini anglashni shakllantirishi, shaxsning kasbiy xavfsizligi psixologiyasi. Kasbiy xavfsizlikning psixologik masalalari ish joyi. Mehnat jamoasi, psixik holat, kasbiy qobiliyatlar bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari ta’minlanadi.
-kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarini shakllanganligini diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash hamda kasbga yo’naltirishga doir malakalariga ega bo‘lishi shakllantiriladi.
Har bir inson hayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanok uning kelajagi to‘g‘risida uylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta’lim-tarbiya o‘quvchining turli fanlarga bo`lgan tanlovli munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa kaysidir fanlarga bo`lgan qiziqishi tez seziladi, ya’ni tasviriy, musiqaviy va hokazolar. O`smirlik davriga kelib, muammo yanada ko`chayadi. Ko‘pgina o‘quvchilar va ota- onalarga qanday kasbni tanlashlari oldindan ma’lum bo`ladi: ular "Men shifokor bulaman", "Bizning uglimiz, kizimiz, tibbiyot insititutiga hujjat topshiradi. Shunday bo`lsada, kasbiy maqsadlarning aniqligi va ularni ruyobga chiqishi bo‘yicha xavotirlanish holatlari sezilib turadi. Omadsizlikka uchrasa- chi? Ayrim o‘quvchilar uchun tukkizinchi sinfni bitirgach, kasbiy yo’nalishlarini tanlash - eng dolzarb masala bo‘lib qoladi.
Ko‘pgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bo`lsam ekan yoki kaysi sohani mutaxassisi bo`lsam ekan? - degan savolni o‘z oldilariga kuyib, kasb tanlash muammosiga duch kelishadi.
Natijada o‘quvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Xyech qanday maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib yetmasdan, maktab bitiruvchilarining bir qismi darxol ishga joylashadi. Bunda kasb dunyosida o‘z o‘rnini qidirish o‘zgacha ma’noga ega bo`ladi.
Kasb-hunar kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to‘liq yechilmagan bo`ladi. Ularning bir qismi tanlovning to‘g‘riligiga o‘qishning birinchi yilidayok ikkilanib qolishadi, boshqalari - mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo‘yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini bitirib, egallagan kasbi bo‘yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga kushilib qoladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo‘lib kolaveradi. Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik bilan qarash mehnat olamida o‘zini topishida ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Kasbiy tayyorgarlikka ega bo`lgan o‘quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo bo`ladi.
Bulajak mutaxassis shaxsida yangi a’zolari orasida, turli yoshdagi kishilar bo`lgan jamoaga kirish, kasbiy faoliyatga ko‘nikish, yangi ijtimoiy rolni tushunib olish yana muammolarni keltirib chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O‘zgargan kasbiy vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Shaxs psixologik tuzilishidagi keskin o‘zgarishlar kishining hayotini ham o‘zgartiradi. Oldingi - "maktab - oila -jamiyat" tizimi o‘rnida yangi, ya’ni "kasb-oila-ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar" vaziyati kelib chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida kasb-muhit omili muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Har bir kishining hayotida kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud bo`ladi.
Masalan, kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga bo`lgan layoqatini yukotish, majburiy ishdan bo`shash va boshqalar. Bunday voqealarining paydo bo‘lishi bexosdan yoki qandaydir sharoitlar tufayli, goxida esa mutaxassislik sababi natijasida bo`ladi. Ko‘p hollarda normativ bo`lmagan voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar hisoblanadi.
Jamiyatimiz uchun dolzarb psixologik muammolardan biri-bu ishchining nafaqaga chiqishi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi yangi ijtimoiy vazifa - nafakaxurlar uchun psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, ular psixologik kumak va qo‘llab-qo`vvatlashga muxtoj bo`ladilar. Shaxs va kasb o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va kasbiy rivojlanish vaziyatlarini umumlashtirgan holda quydagilarda ko`rishimiz mumkin:
2.Allomalar kasbiy etuklik va ustoz shogirdlik ma`suliyatlari haqida.
Psixologiyaning mustaqil sohasi sifatida kasb psixologiyasini shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarning o‘rni muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quydagi sabablarni keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir,:
1.Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik xususiyatlari inkor etilgan. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish vazifalarini yechish uchun zarur bo`lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmani bajarishga qaratilgan. Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafko`raviy qarashlarning ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug`ullanish imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur bo`lganda yangi ish joyini qidirish, o‘zining rakobatbardoshligini tasdiqlash uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi. Rossiyadagi siyosiy va mafko`raviy erkinliklar ishchilarda ikkilanish va psixik zo’riqishni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining to‘g‘ri yo`lga kuyilmaganligi, ogir sharoitlarni o‘zgarishi, ishchilarda stress holatini keltirib chiqaradi. Chunki ular birdaniga o‘z kasbiy hayotlari uchun mas’ul bo‘lib qoladilar. Mehnatga layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan biri bu kasbiy hayot senariysini tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib qoladi. Ammo bu muammolarni yechimini topishning imkoniyati yuq edi. O‘z navbatida bu kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-qo`vvatlash va bir-biriga kumaklashish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shunisi ahamiyatliki, psixologiyaning xech bir yo’nalishi bu muammolar bilan shug`ullanmaydi, bu esa o‘z navbatida mazkur muammolarni o‘rganish uchun yangi bir sohaga, ya’ni kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi.
2.Bozor iqtisodiyotiga o’tish va undagi o‘zgarishlar, ya’ni dastlabki paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori malakali kasbiy jixatidan yetuk rakobatbardosh ishchilarga zaruriyat sezilmokda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar faoliyatini baholash va attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo`llarini belgilash, ishchilar malakasini oshirish va kayta tayyorlash masalalariga e’tiborni qaratish lozimligini anglatadi. Shuning natijasida korxona va tashkilotlarda ishchilar uchun rivojlanish bulimlari paydo bo`ladi. Psixologiya fani doirasida shaxsning kasb bilan hamkorligi yuzasidan ko‘p tomonlama tadqiqotlar olib boriladi. Asosan bu muammolar mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya va yosh davrlar psixologiyasi fanlari tomonidan o‘rganilgan. Bu muammolar yechimining metodologik jihatdan asoslanishi psixologiya sohasida olib borilgan fundamental ishlarda aks etgan. Faoliyatning psixologik nazariyasini yaratilishi kasbiy faoliyatga doir tadqiqotlar uchun nazariy asos bo`ladi. Shaxs borasidagi differensial psixologik konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslaxat, kasbiy moslashuv professionalizatsiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo`ldi.
Mehnat psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi.
Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari masalalarini o‘rganadi. Ta’kidlash mumkinki, insonning kasblar olami bilan hamkorligi to`planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan. Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yo’nalishi - kasblar psixologiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. Shunday qilib, 1990 yillar boshida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi sohasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling