A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Mualliflar 1.Kasbiy psixologya faninig predmeti va vazifalari


Download 0.91 Mb.
bet3/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

Mualliflar


1.Kasbiy psixologya faninig predmeti va vazifalari.
2.Allomalar kasbiy etuklik va ustoz shogirdlik ma`suliyatlari haqida.
3.Kasbiy psixologiyaning boshqa psixologiya tarmoqlari bilan aloqasi.
4.Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari.


1.Kasbiy psixologya faninig predmeti va vazifalari.
Tayanch iboralar: Kasb, shaxs, jamiyat, davlat, psixologiya, maqsad, ijtimoiy munosabatlar, shaxs nazariyalari, kasbiy va shaxsiy talablar, Faren nazariyalari, kasbiy psixologiyaning tarmoqlari.
Respublikamiz aholisining aksariyati agrar xo‘jalik sohasi bilan shug`ullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan bo`lg`usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Bo`lg`usi agronom-pedagogni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga qo‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo bo‘lib hisoblanadi.
Kasb psixologiyasining predmeti - shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir. Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, deb aytish mumkin.
O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitining biologik-tibbiy jixatlari birmuncha o‘rganilganligiga qaramay, ularning mexanizmlari, akseleratsiya xodisasi, qishloq aholisining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning maqsad yo`llari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning o‘zgarishiga uxshash muammolar qariyb o‘rganilmagan. Quydagi mavzular yuqoridagi muammolarning aksariyatiga javob berishga xizmat qiladi.
Inson-tabiat munosabatini o‘zida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish uchun negiz bo‘lib hisoblanadi. Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma asosida mutaxassislarini tayyorlash uchun oliy o‘quv yurtlariga o`qishga intilmoklari lozim. Zero, yuksak texnologiyani boshqarishga layoqatli, ijodiy, mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishga o‘quvli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy hayotda qaror topgan bular edi.
Fanning maqsad va vazifalari:
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga fan sohasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar zaxirasini shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo’naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma’lumotlar manbaini berish.
Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida ta’kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quydagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub’ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo`llari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo’nalishidir.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug`ullanuvchi bulimidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor karatiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.
Kasb psixologiya faninig predmeti insonlarning kasbiy faoliyatni hamda unung ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determenantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo`lgan ta’sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling