A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya
Download 0.91 Mb.
|
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ilmiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. (2019 - yil – 27-iyn, 1-sonli bayonnoma) © O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, 2019 © Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2019 KIRISH O‘zbekistan Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilab qo’yilganidek barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgan. Darhaqiqat mamlakatimizda ta’lim olayotgan kadrlarni sifat jihatidan har tomonlama bilimli, malakali mutaxassislar qilib tayyorlash, ularni davlat va jamiyatning talabi va maqsadlariga mos keladigan, jahon hamjamiyati talablari darajasidagi kasbiy salohiyatga ega bo’lgan hamda raqobatga bardoshli kadrlar bo’lishlarida oliy ta’lim tizimining o’rini beqiyosdir. Mazkur o‘quv qo’llanma “Kasbiy psixologiya” fani asoslari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo’nalishi bakalavriat bosqichi talabalariga mo’jallangan bo’lib, ushbu ma’ruzalar matni Davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda oliy ta’limning o’quv jarayonida foydalanishga mo’ljallangan. “Kasbiy psixologiya” fanining nazariy va amaliy tomonlari talabalarga bilimlar berishga oid masalalarni o’zida qamrab olingan bo‘lib, ularning inson kamolotida tutgan o‘rnini yoritib berishga asosiy e’tibor qaratilgan. Bunda, “Kasbiy psixologiya” fanining asosiy tushunchalari va shaxsning eng muhim psixologik xususiyatlarini ochib berish ko‘zda tutiladi. Kadrlar salohiyati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun mutaxassislarning kasbiy shakllanishini va ularning kamolotini ta’minlash jamiyat oldidagi eng asosiy muammolardan biri sanaladi. Kasbiy ta’limni turmush bilan bog‘lash, iqtisodchi pedagoglarni va iqtisodiyot yo’nalishlarining bo’lg’usi mutaxassislarni ham psixologik, ham kasbiy jihatdian jamiyat hayoti bilan uyg‘unlashtirish, o‘quvchilarning individual-tipologik, yosh davrlari xususiyatlari, texnik qobiliyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy nazarda tutilgan. Chunki har bir kasb-hunar shaxsdan irodaviy zo’r berishni, aqliy salohiyatni, kasbiy jiddiylikni, chidam va sabr-toqatni talab qiladi. Yuqoridagilardan kelib chqadigan bo’lsak, o‘tgan davr mobaynida jahonda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, ayniqsa, siyosiy sohalarda kuzatilayotgan keskin o‘zgarishlar, iqtisodiy sohadagi beqarorlik insonlarning dunyoqarashi, xulq-atvori, turmush tarzi hamda ularning kasbiy faoliyatiga ta’sir etib, bu sohalarda jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutishini taqozo etmoqda. Oliy o‘quv yurti talabalarining kasbga munosabati, mutaxassis sifatida shakllanishi va kasbiy kamoloti masalasi juda katta ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, bevosita uning ilmiy, ma’naviy, moddiy salohiyatini, ichki va tashqi siyosatiga doir imkoniyatlarini belgilaydi. Fanni o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - talabalarni “Kasbiy psixologiya” fani bilan tanishtirish, ularga kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan iqtisodiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ruhiy va aqliy kamolatga erishishlarini ta’minlash va turli kasbiy munosabatlar sharoitlarda fanning ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo’llashga o’rgatish orqali ularni shaxsini har tomonlama shakllantirishdan iborat. “Kasbiy psixologiya” fanining maqsadidan kelib chqgan holda quyidagi asosiy vazifalari amalga oshirishi belgilab olindi: Kasbiy psixologiyaning predmeti va dolzarb vazifalari; Kasbiy psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi; Shaxsni kasbga yo‘naltirish omillari va vositalari; Shaxsni kasbga yo‘naltirishda professional motivatsiyaning o‘rin; Kasb egasining ijtimoiy xulqi; Kasb tanlashda shaxs individual psixologik hamda kognitiv xususiyatlarining namoyon bo‘lishi; Professiogramma,psixogramma, kar’eragramma; Shaxsning kasb mahoratidagi yuksalishi; Mehnat jamoasi psixologiyasi va undagi shaxslararo muloqot; Kasb doirasida shaxsning lavozimga loyiqlik mezonlarni o‘rganilishi; Kasbiy muvaffaqiyatga erishishda vaqtdan unumli foydalanish muammolari va imkoniyatlari kabilar bo’yicha yangi va tegishli ma’lumotlarni talabalarga yetkazishdan iboratdir. Shuningdek, mazkur o’quv qo’llanma kasbiy sifatlarning sof psixologik asoslari, sof psixologiyaning kasbiy asoslari xususida ham ma’lumot beradi. Asosiy e’tibor kasbiy faoliyatini ko’p qirrali, tomonlarini jumladan, uning psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy hamda gender tadqiqotlar obyekti va predmeti ekanligiga hamda ijtimoiy treninglarni tashkil qilish texnologiyalarini o’tkazishga qaratilgan. Ma’lumki, tevarak-atrofimizni qamrab olgan olamdagi iqtisodiy obyektlar, jarayonlar, munosabatlarning rivojlanishi va o’zgarib borishi, jumladan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoiti kasbiy psixologiya va iqtisodiy bog’lanishlar tobora oydinlashib borishiga xizmat qilmoqda. Bunday bog’lanishlarni, ularning ilmiy tadqiqotlari ko’lamining kengayib borayotganligidan ham kuzatish mumkin. Bir tomondan, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy va psixologik fanlarning nafaqat yaqinlashuvi, balki qo’shilishi, bir-birining mohiyatiga kirib borishi, hada yangidan-yangi qirrlarini ochib berishi kuzatilmoqda. Ikkinchi tomondan – individual, guruhli va jamoaviy psixologiyaning xo’jalik jarayonlariga, iqtisodiy amaliyotga hamda sohadagi boshqaruv qarorlarining qabul qilinishiga ta’siri keskin kuchayishi kuzatilmoqda va shu orqali aholining moddiy hamda rhiy holatlati tahlil qilinb keng qamrovli o’rganilmoqda. Bozor islohotlari amalga oshirilayotgan sharoitda ruhan va jismonan sog’lom, mustaqil fikrlovchi yoshlarning mavjudligi davr taqozosi hisoblanib, o’z shaxsiy dunyoqarashiga ega bo’lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladigan ko’plab loyihalarni ishlab chiqishga qodir ekanligini ko’rsatadi. Shunday qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mulkdorlar sinfini kengaytirish va ularni har tomonlama shakllantirish, yerga, mulkka egalik hissini tarkib toptirish orqali ularda iqtisodiy bilim, ko’nikma va malakalar biln qurollantirish orqali iqtisodiy fikr yuritishlrini ham erkinlashirishga erishish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy hayotni kng qamrovli erkinlashtirishning muvaffaqiyati har bitiruvchining mulkka bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirib, iqtisodiy kompetentligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Ushbu o’quv qo’llanma iqtisodiy-psixologik asoslangan holda o’quv dasturu va o’quv rejaga muvofiq tayyorlandi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling