A maliy mashg’ulotlar Аmaliy mashg’ulot №1. Mavzu: mexanizmlarni kinematik sxemalarini chizish
Аmaliyot mashg’ulotining texnologik kartasi
Download 2.77 Mb.
|
2.1) Amaliy mashg\'ulotlar
Аmaliyot mashg’ulotining texnologik kartasi
Mexanizm bo`g’inlarining turli vaziyatlarini aniqlash bilan shu bo`g’inlarga tegishli nuqtalar hodati ham aniqlanadi. Mexanizm kinematik sxemasi ma`lum mashtabda chiziladi. Bundan maqsad, mexanizm bo`g’inlarining uzunlik o`lchovlari juda kichik bo`lsa, ularni kattalashtirib, katta bo`lsa, kichraytirib chizishdan iboratdir. Mexanizm masshtabi quyidagicha aniqlanadi. Masalan, olti bug’inli mexanizm berilgan bo`lsin. Mexanizm masshtabi ya`ni АV kesmaning 1 mm uzunligida 0,001 metr yoki 0,4 mm haqiqiy uzunlik borligi ko`rsatiladi. Qolgan bo`g’inlarning chizmadagi uzunligi quydagicha aniqlanadi. Nuqtalar traektoriyalarini aniqlash uchun yuqorida hisoblangan o`lchovlar bilan mexanizm «o`lik» (chetki) vaziyatda chiziladi. Bunday vaziyatni aniqlash uchun krivoship aylanish markazidan o`ng tomoniga R=OА+АV radius bilan yoy chizamiz. Bu yoyning polzun yo`naltiruvchisi XX bilan kesishish nuqtasi V0 ni aniqlaymiz. Natijada krivoship va shatun bir to`g’ri chiziqda joylashadi, polzun esa eng chetki xolatda yotadi. Mexanizm tarkibidagi boshqa nuqtalarni yoy usuli yordamida aniqlanadi. Krivoshipni tekis harakat qiladi (w=sopst) deb qabul qilib, А nuqta traektoriyasi- aylanani Аo dan boshlab teng bo`laklarga bo`lamiz. Mexanizmning birinchi vaziyatini topish uchun shatun А1V1=АoV0 uzunligini radius qilib va А1 nuqtani markaz qilib XX yo`naltiruvchi bilan kesishguncha yoy chizamiz. To`g’ri chiziq (XX) va yoy kesishgan nuqta V1 vaziyatni beradi. Natijada krivoship «o`lik» vaziyatdan (Аo xolatdan) 90° ga burilganda polzun V nuqtasi VoV1 masofani bosib o`tadi. Shatunning C nuqtasi C0 xolatidan C1 ga o`tadi va egri chiziq bo`ylab C0C1 yoyni bosib o`tadi. Krivoship ikkinchi xolatga burilganda (А2 nuqta) V nuqta V0V2 masofani, C nuqta esa C0C2 yoyni bosib o`tadi. Shu tarzda aniqlangan V1,V2, V3, V4, C1, C2, C3, C4, nuqtalanni tutashtirsak, V va C nuqtalarning traektoriyalari kelib chiqadi. Shunday qilib, krivoship bir marta aylanish vaqtida V nuqta ilgarilanma-qaytma harakat qilsa, C nuqta yopiq egri chiziq bo`ylab faqat murakkab harakat qiladi. D nuqtaning bosib o`tgan traektoriyasi yoy rasmida xosil bo`ladi lOA=40 мм lAВ=100 мм lВС=100 мм lСD=150 мм мм n1 = 100 аyl/min Mexanizmning kinematik sxemasi. Mexanizmning xolat plani. Download 2.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling