SMM- Yalpi ichki mahsulotdan uni ishlab chiqarish uchun sarflangan moddiy harajatlarni chiqargandan keyin qolgan qismi.
Sof ichki mahsulot- YaIM va YaMD ko’rsatkichlaridan amoretizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdori ayirmasiga teng.
Pirovard mahsulot- ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo’lgan mahsulotlar yig’indisi.
Oraliq mahsulot- ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
Milliy hisoblar tizimi- YaIM va milliy daromdni ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanishni xarakterlaydigan hamda o’zaro bog’liqlikni ko’rsatadigan hisoblar andozasi.
Yalpi talab- bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat narxlarining o’rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini va milliy iqtisodiyotdagi sarflar miqdorini bildiradi
Yalpi taklif- narxlarning mavjud darajasida sotishga chiqariladigan pirovard tovarlar va xizmatlar miqdori yoki milliy ishlab chiqarishning real hajmidir.
Iste’molning iqtisodiy mazmuni- jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonini bildiradi.
Jamg’armaning iqtisodiy mazmuni- aholi, joriy daro-madlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’planib borilishidir.
Investitsiyaning iqtisodiy mazmuni- ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish)ni kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo’yilmalar.
Iqtisodiy o’sish- YaMM ( YaIM, SMM, MD ) miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs harajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatning yaxshilanishida ifodalanadi.
Ekstensiv iqtisodiy o’sish- ishlab chiqarishga qo’shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib boirishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |