A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet75/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Amir Temur va To'xtamish
Keyinchalik To'xtamish xoinlik yo'liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o'tadi. Natijada Amir Te­mur To'xtamishga qarshi uch marta qo'shin tortishga majbur bo'ladi.
So'nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo'yida sodir bo'ldi. Shiddatli muhoraba uch kun davom etdi. Bu safar Amir Temur qo'shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o'qqa tutish usulini qo'lladi. O'q va qilich zarbiga chiday olmagan To'xtamish qo'shinining safi buzilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To'xtamishxon sanoqligina askari bilan qochib changalzorga kirdi va ta'qib etib kelayotgan askarlardan bekindi. Rusiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiylarning ta'kidlashicha, Amir Temurning To'xtamish ustidan qozongan g'alabasi faqat O'rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi.
Eron, Iroq, Shom, Hindistonga yurish
Amir Temur o'z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shorn (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom olgan. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gur-jiston va Armanistondagi (Van ko’li atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir Temur o'z ixtiyori bilan taslim bo'lib, moli omon to'lagan shaharlarga tegina gan, qo'shinlarni bunday shaharlarga kiritmagan.
* Yildirim - chaqmoq, yashin
* Moli omon - o'lpon
* Sohibqiron - jahongir, saodatli, zafarli, g'olib hukmdor. Ikki qarn egasi - Sharq va G'arb mulkdori
Erondagi muzaffariylar, jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayirmachilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko'tarilgan qo'z-g'olonlar Amir Temurning Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh yillik (1392-1396) urush davomida G'arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1398-1399 yillarda Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi.
1399-1404-yillarda Eron, Old va Kichik Osiyolarga bir necha yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan. Keng ko’lamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori bo'lgan. Ziddiyatlarni diplomatik yo'l bilan hal qilish maqsadida ikki tomon o'rtasida to'rt marta xat almashish tashabbuskori bo'lgan. Sulton Boyazid esa har safar qaysarlik, manmanlik qilgani, hatto Amir Temur nomiga nomaqbul so'zlarni ham yozganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Boyazid qoraqo'yunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo'llab-quvvatlagan. Shu omillar tufayli bu ikki davlat o'rtasida to'qnashuv bo'lishi muqarrar bo’lib qoldi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling