A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Diplomatik aloqalar - davlatnlng tashqi siyosati sohasidagi vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyati


Download 397 Kb.
bet83/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Diplomatik aloqalar - davlatnlng tashqi siyosati sohasidagi vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyati
* Katolik missionerlari - katolik oqimini boshqa xalqlar orasida yoyish maqsadida targ'ibot ishlari bilan shug'ullanuvchilar
Bu davrda Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV, Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamaralar bilan diplomatik aloqalar o'rnatib, yozishmalar olib boradi. Fransiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa, G'alatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o'z navbatida Amir Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o'rnatishga urinar edi. Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qirolni qo'llab-quvvatlaydi. Anqara yaqinida turklarning 160 ming kishilik qo'shini ustidan qozonilgan buyuk g'alabadan so'ng Amir Temurning G'arbiy Yevropa davlatlari bilan bo'lgan aloqalarining mazmuni tubdan o'zgaradi. Endilikda Amir Temur ular bilan do'stona munosabatlarni mustahkamlash va o'zaro savdo-sotiq aloqalarini yo'lga qo'yish kabi masalalarga ahamiyat beradi.
Elchilik aloqalari
Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo'llaydi. Elchilar Parijga 1403-yil may oyida yetib boradilar. Elchi­lar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta'minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo'lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yo'llagan maktubida bu haqda quyidagilarni alohida ta'kidlaydi: «Bundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o'lkangizga o'tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogar­lari uchun foyda keltirishsa, ko'p xursand bo'lar edik. Shuni aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta'minlanadi».
Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15-iyunda Amir Temurga yo'lla­gan javob maktubidan ma'lum bo'lishicha, Amir Temur takliflari Fran­siya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan.
Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida g'arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o'z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida G'arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e'tiborini o'ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o'zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida nasroniy ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta'minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G'arbda Mironshoh tez orada katolik oqimining homiysi sifatida shuhrat qozondi.
Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qol­gan edi. 1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Te­murning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Amir Temur va Boyazidlarning kuch-qudrati, boyligi va qo'shinining sonini bilish hamda ular qo'l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma'lumotlar to'plash topshiriladi. Sharq va G'arb davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in'omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo'shib Amir Temur Muhammadqozi ismli o'z vakilini Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. 1403-yil 21-mayda Ispaniyadan jo'nab ketgan elchilar Samarqandga keladilar. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Temur tomonidan tantanavor qabul qilinib, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatadilar.
Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404-yilning sentabr-noyabr oylarida Samarqandda bo'ladilar. Amir Temurning Xitoy tomonga yurishi munosabati bilan boshqa ko'pgina davlatlarning elchilari kabi Ispaniya elchilari ham 1404-yilning 21-noyabrida Samarqanddan jo'natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406-yilning mart oyida qaytib boradi. Klavixoning safar taassurotlari «Buyuk Temur tarixi» va «Temur qarorgohi», «Samarqandga sayohat kundaligi» nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi.
Savollar
1. XV asr boshlaridagi xalqaro siyosiy vaziyat qanday edi?
2. Yevropa hukmdorlari nima uchun Amir Temur bilan diplomatik aloqalar o'rnatishga harakat qildi?
3. Fransiya qiroli Karl VI bilan yozishmalar haqida gapirib bering.
4. Nima uchun Mironshoh g'arbda «katolik oqimining homiysi» degan sifat bilan mashhur bo'ldi?

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling