A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


-§. DEHQONCHILIK, YER EGALIGI MUNOSABATLARI


Download 397 Kb.
bet91/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

38-§. DEHQONCHILIK, YER EGALIGI MUNOSABATLARI
Tayanch tushunchalar: Iqtisodiy hayot. Yer egaligi. Soliq turlari.
Dehqonchilik va chorvachilik
Mamlakatda tez-tez sodir bo'lib turadigan o'zaro ichki urushlarga qaramasdan, XV asrda ham Movarounnahr va Xuroson qishloqlarida birmuncha obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Xususiy sohibkorlarning dashtliklarda yangi yerlarni o'zlashtirish, kanallar qazib, bog' ko'kartirish va qarovsiz qolgan tashlandiq yerlarni sug'orib, obod etish kabi mehnatlari qo'llab-quvvatlanadi. Hatto bunday sohibkorlar bir-ikki yil davomida hamma soliq va toiovlardan ozod etiladi.
Yirik sug'orish inshootlari barpo etilib, dehqonchilik maydonlarining suv ta'minoti tubdan yaxshilanadi. Eng yirik sug'orish ishlaridan biri Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan Darg'om anhoridan chiqarilgan qadimgi Angor kanali tiklandi. Bu kanal orqali kam suvli Qashqadaryo vohasiga qo'shimcha suv chiqariladi.
Ulug'bek hukmronlik qilgan davrda Buxoro vohasining janubi sharqiy chegarasiga yondoshgan Somonjuq dashtiga suv chiqarilib yangi yerlar o'zlashtiriladi. Murg'ob daryosining bosh to'g'oni - Sultonbandning Shohrux tomonidan tiklanishi va sug'orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv shahri va Murg'ob vohasining suv ta'minoti tubdan yaxshilanadi. Sulton Husayn Mirzo hukmronlik qilgan davrda esa uning tashabbusi bilan Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug'orilib obod etiladi.
Alisher Navoiyning tashabbusi bilan Tus viloyatining yuqori qis-mida Turuqband suv ombori qurdiriladi. O'n farsax (60-70 km) uzunlikda maxsus kanal qazdirilib, Turuqband suv omborida jamg'arilgan suv Mashhadga olib kelinadi. Natijada Mashhad suv bilan ta'min etilib, shahar atrofidagi yerlarga suv chiqariladi va obod etiladi.
Xo'jalikning iqtisodiy hayotida, ayniqsa, yaylov chorvachiligi: yilqichilik, tuyachilik hamda qoramolchilik muhim o'rin tutgan.
* Begor - mahalliy aholiga yuklatilgan saroy, jamoat binolari, mudofaa va sug'orish inshootlarini hamda yo'l qurilish ishlarida ommaviy ishlab berish majburiyati, muqaddas ommaviy hashar

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling