A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet87/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Taxt uchun kurash
Shohrux 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida o'rniga voris belgilashga ulgurmay olamdan o'tadi. Shohrux vafot etishi bilanoq Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o'rtasida toj-taxt uchun kurash yana avjga minib, mamlakat beqarorlik va chuqur ijtimoiy siyosiy larzalarga duchor bo'ldi. Odatga ko'ra taxtga Shohruxning to'ng'ich o'g'li Ulug'bek o'tirishi kerak edi. Ammo taxtni Boysung'urning o'g'li Alouddavla egallaydi. Toj-u taxt uchun yana kurash boshlanadi.


* Mirzo Ulug'bek (1449-yilning 27-oktabri) 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali vafot etdi.
O'zboshimcha shahzodalar Ulug'bekka qarshi harakat boshlaydi va 1447-yilning bahorida Alouddavla Ulug'bekning katta o'g'li Abdullatifning qo'shinini tor-mor qilib, asirga oladi. Ulug'bek Aloud­davla bilan sulh tuzishga majbur bo'ladi. Unga ko'ra AbduUatif ozod qilinadi, Ulug'bek esa Hirot va Xurosonga bo'lgan da'vosidan voz kechadi. Biroq ko'p o'tmay sulh buziladi. 1448-yilning bahorida Ulug'bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qo'shini Hirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo'lgan jangda Alouddavla qo'shini tor-mor keltirilib, Hirot qo'lga kiritiladi. Ulug'bek Xurosonda Abdullatifni qoldirib, o'zi Samarqandga qaytadi. Chunki Movarounnahrda Ulug'bekka qarshi isyon boshlangan edi.
Abdullatif, garchi bobosi Shohruxning Hirotdagi taxtiga o'tirishga muyassar bo'lsa-da, ammo unda otasiga nisbatan adovat pay do boiadi. G'alaba to'g'risida tevarak-atrofga yuborilgan fathnomalarda Abdullatifning nomi inisi Abdulazizdan keyin tilga olingani, Ixtiyoriddin qal'asidagi xazina Ulug'bek tomonidan olib qo'yilgani o'ta shuhratparast hamda mol-dunyoga o'ch AbduUatif uchun bahona bo'ladi. U otasining dushmanlari bilan yashirin tarzda til biriktirib, zimdan Ulug'bekka qarshi harakat boshlaydi. Abdullatif Hirotda faqat o'n besh kun hokimlik qiladi. Abulqosim Bobur qo'shinining shaharga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib poytaxtni jangsiz bo'shatib, Movarounnahr tomon qochadi. Ulug'bek farmoni bilan Balxga noib qilib tayinlangach, viloyatda «tamg'a» solig'ini bekor qilib, savdogarlarni o'z tarafiga og'dirib oladi. Otasidan norozi bo'lgan amirlarni atrofiga to'playdi. Hatto Abulqosim Bobur bilan bogianib, uni birlashib Ulug'bekka qarshi kurashga undaydi. Shunday qilib, Abdullatif o'z otasiga qarshi ochiqdan ochiq dushmanlik yo'liga o'tadi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling