A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
Ulug'bek fojiasi
Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq uchun Ulug'bekda o'zining isyonkor va makkor o'giiga qarshi yurish qilishdan boshqa iloj qolmaydi. Ammo mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashib, Ulug'bekning ahvolini yanada mushkullashtiradi. Hirotdan Samarqandga qaytar ekan, Ulug'bek old tomondan Dashti Qipchoq ko'chmanchilarining hujumiga duchor boiadi. Abulxayrxon boshchiligidagi ko'chmanchilar o'shanda Toshkent, Shohruxiya, Samarqand va Buxoro tevaragidagi qishloqlarni talab, podshoh va yirik mansabdorlarning shahar atrofidagi chorbog'lari va ko'shklarini vayron qiladilar. Ikki tarafdan kelgan dushmanlar bilan bo'lgan to'qnashuvlar oqibatida Ulug'bek qo'shini qattiq shikast topib, zaiflashib qoladi. Shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan Ulug'bekning kichik o'g'li Abdulazizga qarshi Samarqand amirlarining noroziligi kuchayib, Ulug'bek uni bartaraf qilishga majbur bo'ladi. Otasining qiyin ahvolda qolganini kuzatib turgan Abdullatif qulay fursatdan foydalanib, bosh ko'taradi va Amudaryodan kechib o'tib, Termiz, Shahrisabz va Xuzorni osongina zabt etadi. So'ngra Samarqandga qarab yo'l oladi. 1449-yil oktabrda Damashq qishlog'i yaqinida qattiq jang bo’ladi va bu jangda Ulug'bek yengiladi, Samarqand amiri Mironshoh Qavchin shahar darvozalarini berkittirib Ulug'bekni ichkariga kirishga qo'ymaydi. U Shohruxiyaga ham kirolmaydi va Abdullatifga taslim bo'lishga majbur boiadi. Shahar qozisi Shamsiddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramasdan, Abdullatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib, otasining oidirilishini uyushtiradi. 1449-yil Mirzo Ulug'bek 55 yoshida fojiali halok bo’ladi. Shunday qilib, Ulug'bek Movarounnahrni qirq yil idora qildi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, davlatni mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko'tarishga, rivojlantirishga harakat qildi, bu yo’lda o'zi bosh bo’ldi. Savollar 1. Ulug'bekning Movarounnahr hukmdori bo'lishi qanday yuz berdi? 2. Ulug'bek nima uchun va qayerlarga harbiy yurishlar qildi? 3. Shohrux vafotidan keyin qanday voqealar sodir bo'ldi? 4. Ulug'bekning fojiali taqdiri haqida gapirib bering. 5. Ulug'bek 40 yillik hukmdorligida davlatni boshqarishda nimalarga e'tibor qildi? 6. Padarkush Abdullatif haqida sizda qanday tasavvur hosil bo'ldi? Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling