A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet94/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Savdo aloqalari
XV asrda temuriylar uzoq va yaqin qator qo'shni mamlakatlar: Xitoy,Hindiston,Tibet, Eron, Rus, Volgabo 'yi va Sibir bilan muntazam savdo-sotiq qilardi. Xitoydan asosan ipak, shoyi matolar, xususan atlas va parchalar, choy, chinni, la’l, gavhar va mushk;
Hindistondan nafis oq rangli ip matolar, nil (bo 'yoqlar), xushbo'y ziravorlar; Erondan surp, marvarid, durlar; Rus, Tatariston va Sibirdan qimmatbaho mo'yna, ten va mum olib kelinar edi. Yevropa mamlakatlaridan Samarqandga olib kelingan mollar orasida farang gazmollari, movuti, cherkas pichog'i bor edi.
Samarqanddan chet mamlakatlarga, xususan Rus, Tatariston va Sibirga arzon baholi ip matolar, asosan bo 'z, duxoba, shoyi gazlama, qog'oz, quruq meva, guruch, paxta va kalava (yigirilgan ip)lar chiqarilgan.
Chet davlatlar bilan o'zaro savdo-sotiqning kengaytirishda temuriylarning qo'shni mamlakatlar bilan olib borgan elchilik alo­qalari katta rol o'ynaydi. Ulug'bek va Shohrux Xitoy bilan muntazam ravishda elchilar almashib turishgan.
1418-yilda Ardasher boshliq Shohrux elchilari Xitoyda bo'ladilar. 1419-yilda bunga javoban Li-Do va Jong-Fu Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi bo'lib keladilar. Elchilar Ulug'bek va Shohrux nomiga o'zaro do'stlik munosabatlarini rivojlantirish xususidagi takliflar yozil­gan maktub va katta sovg'a-salomlarni topshiradilar. 1420-yilda Shohrux va Ulug'bek o'z elchilari bilan birga 530 nafar savdogardan iborat savdo karvonini Xitoyga jo'natadilar. Temuriylarning elchilari ikki yildan ortiqroq Xitoyda bo'lib, 1422-yilda o'z vatanlariga qaytib keladilar.
Shohrux bilan Ulug'bek zamonida Tibet va Hindiston bilan ham yaxshi qo'shnichilik munosabatlari o'rnatiladi. 1421-yilda Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar keladi. 1441-1442-yillarda Shohrux Hindistonga Vijayanagar saroyiga tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida elchilar yuboradi. U Kermon, Xurmuzd va Fors qo'ltig'i orqali Hindistonga qilgan sayohatini yozib qoldiradi.
Pul muomalasi
Iqtisodiy taraqqiyot ma'lum darajada o'sha davrda o'tkazilgan pul islohoti bilan ham bog’liq edi. Ma'lumki, Ulug'bek 1428-yilda muomaladagi fulusiy pullar islohotini amalga oshirdi. Ulug'bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan chaqa pullar bilan ayirboshlashni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning fulusiy pullarga bo'lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o'zida u Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqdor fuluslar zarb ettiradi va muomalaga chiqaradi.
* Tamg'a - savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling