A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Rasadxona (observatoriya) - osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan Umiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino


Download 397 Kb.
bet97/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Rasadxona (observatoriya) - osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan Umiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino
* Sanad - shahodatnoma
* Sekstant - osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo'ljallangan ko'zgu-qaytargichli asbob
Ulug'bekning astronomiya maktabi o'z davrining o'ziga xos akademiyasi edi. «Samarqand akademiya»si mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Volter (1694-1778) tomonidan e'tirof etilgan. «Ulug'bek Samarqandda bo 'lib akademiyaga asos soldi. Yer sharini o 'lchashni buyurdi va astronomiyaga oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi», deb yozgan edi Volter.
«Samarqand akademiyasi» - 1004-yilda Xorazmning qadimiy poytaxti Gurganjda tashkil etilgan «Donishmandlar uyi»dan (Ma'mun akademiyasi) keyingi ikkinchi «Dor ul-ilm» edi.
Savollar
1. Ulug'bekning ilm-fanni rivojlantirishga qo'shgan hissasi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Ulug'bek rasadxonasi va uning ilmiy ahamiyati haqida gapirib bering.
3. Ulug'bek qurdirgan madrasalarni qayd eting.
4. Buxoro shahrida bino qilingan madrasa darvozasiga ilm olishning ahamiyati haqida qanday shior o'yib yozilgan? Bu xitobnomaning mohiyati nimada deb o'ylaysiz?
5. «Samarqand akademiyasi» haqida nimalarni bilib oldingiz?
6. Bu ilmgohda Ulug'bekdan tashqari yana qanday buyuk olimlar faoliyat ko'rsatgan? Ular haqida gapirib bering.
41-§. MADANIY HAYOT
Tayanch tushunchalar: Kitob san'ati. Tasviriy san'at. Xattotlik. Musavvirlikning Hirot maktabu Musiqa. Mumtoz adabiyot namoyandalari.
Kitob san'ati
XV asrda kitobat san'ati, ya'ni qo'lyozma asarlarni ko'chirib yozish va u bilan bog'liq bo'lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san'ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi.
Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko'paytirish og'ir mehnat va ko'p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish boigan. Har bir kitob qog'ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan tortib to bo'yoqlari-yu zarhaligacha ma'lum qoida asosida tayyorlanar edi. Xattot bo'lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland kishi bo'lishi lozim edi. Mohir xattotlar o'z usuli va uslubini shogirdlariga o'rgatardi. Shu tariqa xattotlik an'analari davom ettirilar va rivojlantirilar edi.
Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) nasta'liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan bin Sultonali Mashhadiy (1432-1520) edi. U Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa'diy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqa shoirlaming asarlarini ko'chiradi. Sultonali tomonidan ko'chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko'pgina qit'alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o'ymakorlik san'atida ham mohir bo'lgan. Husayn Boyqaroning «Bog'i Jahonoro» bog'idagi saroy devorlaridagi bitiklar, Husayn Boyqaro qabrtoshidagi lavha Sultonali tomonidan o'yib bitilgan. U xattotlik san'ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan. Sul­tonali Mashhadiy «Qiblat ul-quttob» (Kotiblar qiblasi) va «Sulton ul-xattotin» (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
Samarqand va Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgandi. Kutubxona ishlariga kutubxona dorug 'asi yoki kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo'l ostida xattotlar, naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurtmalarni bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug'bekning ukasi Boysung'ur kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo'lyozma asarlardan nusxalar ko'chirish va ularni bezash bilan band bo'lgan. 1429-yilda bu kutubxonada Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» dostoni ko'chirtirilib, u 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g'amxo'rlik qiladilar.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling