A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
* Lavvoh - lavha yasovchi usta
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- OTMISH SADOSIDA TARIX SABOQLARI VA MANAVIYAT (Xotima o rnida)
* Lavvoh - lavha yasovchi usta
* Nasta'liq xati - arab mumtoz xati uslublaridan biri bo'lib, unda yozilgan yozuvlarning 5/6 qismi egri, 1/6 qismi esa to'g'ri chiziqlar asosida yoziladi * Sahhoflik - muqovasozlik Savollar 1. Kitob san'ati qanday rivojlandi? 2. Kutubxonalarning rivojlanganligini misollar bilan tushuntiring. 3. Tasviriy san'atdagi yutuqlarni misollar bilan asoslab bering. 4. Kamoliddin Behzod haqida qisqacha axborot tayyorlang. 5. Musiqa san'ati rivoji haqida nimalarni bilib oldingiz? 6. O'zbek adabiyotining ravnaqida Alisher Navoiyning xizmati nimalardan iborat? O'TMISH SADOSIDA TARIX SABOQLARI VA MA'NAVIYAT (Xotima o 'rnida) Siz o'quv yili davomida jonajon Vatanimiz - O'zbekistonning IV-XVI asr boshlari tarixi bilan tanishdingiz. Qadim zamonlarda Turon, o'rta asrlarda Turkiston va Movarounnahr nomlari bilan shuhrat topgan yurtimiz tarixi bayoniga yakun yasalar ekan, shum e'tirof etish joizki, xalqimizning bu ko'hna o'tmishi, avvalambor, uning ulkan bunyodkorlik faoliyati tarixidir. Bu davrda uning betinim mehnati tufayli o'lkamizda azim daryolar, katta-kichik soy va jilg'alar jilovlanib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi, bog'-rog'lar va bo'stonlar barpo etildi. Hozirgi kunda Siz-u biz hayot kechirayotgan voha va viloyatlar shakllandi va obod etildi. Son-sanoqsiz qishloq va shaharlar bunyod etildi. Shaharlar kengayib, hunarmandchilik, tijorat, ma'rifat, ilm-fan hamda madaniyatning markaziga aylandi. Hunarmandchilikning turli xil tarmoqlari rivoj topib, qo'li gul mohir hunarmandlaraing nozik did va ijodiy mahorati bilan yasagan buyum-u asboblari hamda zeb-ziynatlari o'ziga xos yuksak san'at asari darajasida qiyomiga yetkazildi. Bir tomondan sug'orma dehqonchilik va chorvachilik, ikkinchi tomondan hunarmandchilikning taraqqiyoti o'z navbatida ichki va tashqi tijoratning kengayishiga, ayniqsa, tashqi bozor bilan olib borilgan aloqalarning mustahkamlanishiga va bular esa shubhasiz xat-u savod, ilm-u ma'rifatning yuksalishiga olib keldi. Aynan shu davrda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug'bek singari o'rta asrlarning buyuk alloma olimlari yetishib chiqdi. Ular jahon ilm-fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar. El-yurtni boshqarishda ham o'ziga xos davlatchilik, qonun va qoidalar, yer va mulkka bo'lgan haq-huquq tizimlari yuzaga keldi. Bu diyorda yirik viloyat hokimlari boshqargan mahalliy voha hokimlaridan tortib, Turk xoqonligi, Somoniylar, Xoqoniya-Qoraxoniylar, Xorazmshohlar hamda Amir Temur saltanati kabi buyuk davlatlar tashkil topdi. Bu tarixiy voqelik shuni qat'iy tasdiqladiki, Vatanimiz hududlarida davlatchilik madaniyati o'rta asrlarda yanada rivoj topib, buyuk saltanatlik boshqaruv tizimigacha ko'tarildi. Davlatchilik tizimi voha hokimliklaridan markazlashgan saltanat, ya'ni shohonshohlik (imperiya) darajasigacha ravnaq topishi, shuningdek, aholisini umumdavlat dini va e'tiqodida, xususan Islom dini mafkurasi asosida kamol topishi, beshak, tarixiy Turon-Turkiston mintaqasida qadimdan yashab kelayotgan ajdodlarimizni birlashtirdi. Ularning xalq bo'lib shakllanish jarayonida yengilmas kuch sifatida asosiy omil vazifasini bajardi. Tarix taqozosi bilan Sharq va G'arbdan turli qabilalarga mansub etnik guruhlar o'lkamizga kirib kelib, mahalliy tub aholi bilan qo'shilib, qorishib ketdi. Asrlar davomida yuz bergan bunday etnik jarayonlar natijasida o'z hududi, davlatchiligi, tili, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy turmush tarziga ega bo’lgan o'zbek xalqi shakllandi. Mashaqqatli mehnat, dehqonchilikning barokati, rohat-u uqubati, yerga egalik qilish munosabatlari xalqimizning turmush tarziga kuchli ta'sir qilib, unda mustahkam e'tiqod, pok axloq, sabr-qanoat qilish odobini shakllantirdi. Bu davrda Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Burhoniddin Marg'inoniy, Xoja Ahror va Bahouddin Naqshband kabi zabardast daho va ulamolar yetishib chiqdi. Ular islom dini va qonunshunosligi taraqqiyotiga hamda uning jahon dini darajasiga ko'tarilishiga katta hissa qo'shdilar. Islom dini odamlar e'tiqodini mustahkamladi. Bunday zabardast jamoatchilik qudratini yuzaga keltirgan tarixiy Turkiston - O'zbekiston tarixda Buyuk karvon yo'lida Sharq-u G'arb davlatlarining o'zaro iqtisodiy va madaniy munosabatlarini shakllanishida bag'rikeng va omilkor vositachi hamda qalqon mamlakat sifatida faoliyat ko'rsatib kelgan. Vatanimiz uzoq tarixi guvohlik beradiki, adolat yo'qolib, zulm kuchaygan vaqtlarda el-yurtda tanglik va notinchlik yuzaga keladi. Xalq g'alayonlari ko'tarilib, mamlakat iqtisodiy va siyosiy buhronga duchor bo'ladi. Bunday og'ir va mushkul vaziyatli davrda, ayniqsa, mahalliy hokimlarning Markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlari avj olib ketadi. Bunday davrlarda mamlakat tanazzulga yuz tutib, davlat barham topadi. Bu borada Temuriylar saltanatining fojiali qismati, ayniqsa, saboqlidir. Ona-Vatanning mana shunday qismatidan saboq chiqargan ota-bobolarimizning «Vatanni sevmoq iymondandir» degan sharafli so'zlarida olam-olam ma'no-mazmun mujassamlashgan. Vatanga bo'lgan muhabbat esa ota-ona va ustozlarga bo'lgan izzat-hurmat, oilaga bo’lgan sadoqat va e'tiqoddan boshlanadi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling