A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Shahriston - shaharning ichki qismi


Download 397 Kb.
bet16/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Shahriston - shaharning ichki qismi
Savollar
1. Sug'd ixshidligi haqida gapirib bering.
2. Toxariston viloyatidagi hokimliklar haqida nimalarni bilib oldi-ngiz?
3. Farg'ona kuchli hokimlik bo'lganligi nimalarda namoyon bo'lgan?
4. Choch va Eloq hokimlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. O'lka boyliklari hamda xo'jaligining asosiy tarmoqlari haqida so'zlang.
7-§. VI-VII ASRLARDA MADANIY HAYOT
Tayanch tushunchalar: Yozuv. Diniy e'tiqodlar. San'at Musiqa.
Yozuv
Bu davrda Sug'd, Xorazm va Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo'­lib, Sug'd va Xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida maydonga kelgan edi. Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan edi. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog'och, sopolga va kamdan kam hollarda qog'ozga bitilardi. Chunki qog'ozning bahosi nihoyatda baland edi. Ayrim bitiklar esa hatto podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilardi. Ular orasida elchilik maktublari, xo'jalik kirim va
chiqimlari, yuridik shartnomalar, astronomik hujjat, tarixiy yodnomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo'lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan Sug'd yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug' qal'asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o'rganilgan.
Ularda Sug'dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e'tiqodlari xususida muhim ma'lumotlar keltirilgan. Sug'dda o'g'il bolalar besh yoshga to'lgach, yozuv va hisobga o'rgatilar, so'ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o'rganish uchun o'zga mamlakatlarga jo'natilar edi.
Shuningdek, bu davrda turkiy run (ko'kturk) xati ham keng qo'llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harflardan iborat edi. U tosh va yog'ochlarga o'yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko'k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg'ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o'rganilgan. Ular qabrtoshlari, sopol va metall buyumlar, yog'och hamda tanga pullarga bitilgan.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling