A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
* «Movarounnahr» so'zi arabcha «daryoning narigi tomoni» degan ma'noni anglatadi
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- * Arab xalifaligi - barcha hokimiyat Muhammad (s.a.v.)ning orinbosari (xalifa) qolida toplangan * Muzofoti - hududi, yerlari. VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr
- Chagon ukasi Hurzod
* «Movarounnahr» so'zi arabcha «daryoning narigi tomoni» degan ma'noni anglatadi.
Movarounnahr tomon yurishlar Arablar Movarounnahrga dastlab uni bosib olish uchun emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko'rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi. Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg' va 667-yilda Chag'oniyondan boshlanadi. Manbalarda qayd etilishicha, bu davrda Xorazm Salim ibn Ziyod va Umayya ibn Abdulloh nomli lashkarboshilar tomonidan ikki marotaba talon-taroj etilgan. Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o'tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro hukmdori qo'shinlarini yengadi va o'z foydasiga sulh tuzib, bir lak (yuz ming) dirham hajmida boj undiradi. Bojdan tashqari arablar to'rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko'p o'ljalar bilan Marvga qaytadilar. Yo'1-yo'lakay arablar Termiz shahrini egallaydilar. * Arab xalifaligi - barcha hokimiyat Muhammad (s.a.v.)ning o'rinbosari (xalifa) qo'lida to'plangan * Muzofoti - hududi, yerlari. VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr Movarounnahrning hududini to'liq bosib olishga kirishadilar. 704-yilda Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Qutayba harbiy yurishni 705-yilda Balx viloyati atroflarini zabt etishdan boshlaydi. Tez orada Chag'oniyon hokimi jangsiz taslitn bo'ladi. 707-yilda Qutayba katta qo'shin bilan Poykandni qamalga oladi. 50 kunlik qamal natijasida Poykand egallanib, qo'lida qurol tutishga qodir bo'lgan barcha erkak zoti qirib tashlanadi, shahar esa vayron etiladi. So'ngra Qutayba qo'shini Buxoro tomonga yo'l olgan. Narshaxiyning yozishicha, Buxorxudotlar hokimiyati hududi 12 ta yirik qo'rg'on va ayrim shaharlar: Karmana, Nur, Arqud, Zandana, Afshona, Romtin (Romitan), Rajfandun (Varaxsha), Sharg', Vardona, Barkad, Iskijkat va Faroblardan iborat edi. Bu davrda vohada hukm-dor xoqonining tojdor tasviri, ostida «Buxorxudot» degan yozuv zarb etilgan kumush dirham muomalada bo'lgan. Davlatni Tug'shoda (692-724) boshqargan. Buxoroliklar har yili xalifalikka boj to'lash, uylarining yarmini arablarga bo'shatib berishga majbur etiladi. Qutayba Buxoro shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi, Sug'diy yozuvda bitilgan asarlarni yo'qotdi. Mahalliy aholini islom diniga kiritishga harakat qildi. Shu maqsadda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun hatto 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi. 710-yilda Qutayba Naxshab va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko'radi. Biroq, Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani Sug'd yurishini kechiktirib, Xorazmga qo'shin tortishga jalb etadi. Negaki, Xorazm shohi Chag'on ukasi Hurzod boshliq xalq qo'zg'olonidan qo'rqib, 711-yilda yordam so'rab Qutaybaga murojaat qiladi. Hurzod garchi dushman qo'li bilan tor-mor qilinib, o'ldirilsa-da, Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o'z mustaqilligini yo'qotib, arablarga boj to'lashga majbur bo'ldi. Uning qo'shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. Qutayba fathidan so'ng Xorazm diyori shimoliy va janubiy qismlarga ajralib ketgan. Uning shimoliy qismi Gurganj (Ko'hna Urganch) miri, janubiy qismi esa Xorazmshoh tomonidan boshqarilgan. Ularning har ikkisi ham xalifalikka bevosita bo'ysunib, har qaysisi alohida-alohida xiroj to'lagan. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling