Islomga da'vat etish
Arablar Movarounnahrda o'rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlash uchun islom dinini da'vat etishga, aholi o'rtasida islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Shu boisdan ular Movarournahr aholisining asosiy dini hisoblangan zardushtiylik (otashparastlik) va boshqa dinlarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o'rniga jome masjidlari bino qilinadi
*Jiz'ya-Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon
*Zakot - mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq
*Xiroj - hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer sohg i
* Ushr - idora ishlari uchun daromadmng 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq
Aholini islomlashtirish yo'llari
Islom dinini qabul qilib, musulmon bo'lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jiz'ya soliqlaridan ozod etilgan. Islomni qabul qilishdan bosh tort-gan kimsalardan esa jon solig'i -jiz'ya undirilib olingan. Soliqlarai o'z vaqtida toiamagan kishilar tutib olinib, bo'yinlariga «qarzdor» deb yozilgan taxtacha osib qo'yilardi. Bunday amaliy tadbir va choralar, shubhasiz, Movarounnahr aholisi o'rtasida islom dinining tarqalishiga yordam beradi. Biroq, shunday bo'lsa-da, islomni qabul qilgan aholining ko'pchiligi nomigagina musulmon bo'lib, uzoq vaqtlargacha pinhona o'z dini va e'tiqodlariga sodiqligicha qolavergan.
Mahalliy madaniyatning poymol etilishi
Xalifalik tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqning urf-odati, dini va e'tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyati poymol etildi. Mahalliy sug'd yozuvida bitilgan diniy va ma'rifiy kitoblami, ilmiy asarlarni va qimmatli hujjatlarai hamda sanamlami gulxanlarda yoqib, yo'q qilib tashlaydilar. Quvadagi budda ibodatxonasiga o'matilgan turli-tuman haykallarning parchalab tashlangani, Afrosiyob saroy devorlariga solingan suratlaming, ayniqsa, odam rasmlarining ko'zlari o'yilib, bo'yinlariga qilich bilan chizib yuborilganligi bunga yaqqol misoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |