A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoracho`rin
- 6-§. MAHALLIY HOKIMLIKLARNING TASHKIL TOPISHI Tayanch tushunchalar: Mahalliy hokimlar. Sugd ixshidlari. Toxariston. Fargona. Choch. Eloq. Shahar memorchiligi.
* Tudun - viloyat hokimi
* Sarrojlik - egar-jabduq yasash Xalq qo'zg'olonlari VI-VII asrlarda O'rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. Yer va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor - kashovarzlar mulkdor dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi aholi bosh ko'tarishga majbur bo'ladi. Shunday xalq qo'zg'olonlaridan biri 585-586-yillarda Buxoroda yuz beradi. Qo'zg'olonga xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik qiladi. Qo'zg'olondan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o'rnashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat qilib, qo'zg'olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so`raganlar. Turk xoqoni Qoracho`rin o`g`li Sheri Kishvar (Er Arslon) boshliq qo`shin yuboradi. Abruy o`ldirilib, qo`zg’olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o`z xo`jayinlari-dehqonlarga qaytaradilar. Savollar 1. Mustahkam markazlashgan davlatga xos asosiy belgi nima? 2. Sharqiy va G'arbiy turk xoqonliklarining o'xshash jihatlarini aniqlang? 3. G'arbiy xoqonlikdagi ijtimoiy hayot haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Nima sababdan Buxoroda xalq qo'zg'oloni ko'tarildi? 5. Qo'zg'olonchilarga qanday chora ko'rildi? 6-§. MAHALLIY HOKIMLIKLARNING TASHKIL TOPISHI Tayanch tushunchalar: Mahalliy hokimlar. Sug'd ixshidlari. Toxariston. Farg'ona. Choch. Eloq. Shahar me'morchiligi. Mahalliy hokimliklar V-VII asrlarda mamlakat bir qancha hokimliklarga bo'linib ketadi. Viloyat va uning yirik shaharlariga tayangan 15 dan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topadi. Bu viloyat hokimliklari avval eftallar, so'ngra Turk xoqonligiga bo'ysundirilgan bo’lsa-da, ammo eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki hayotiga deyarli aralashmaydilar. Markaziy hokimiyatga boj to’lab turish bilan ular o'z mustaqilliklarini ma'lum darajada saqlab qoladilar. Sug'd Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi Sug'd ixshidlari voha hukmdori edi. O'rta asr davlatlari birlashmasi ittifoqida Sug 'd ixshidlari katta siyosiy nufuzga ega edi. Mazkur ittifoqda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Buxoro, Kesh vohalarining o'n bitta yirik mulklari birlashgan edi. Ularning har bin o'z hokimi, harbiy chokarlari va mis puli birligiga ega edi. Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ruhi xotirasi ibodatxonasi bino qilingan edi. Har yili unda o'tqaziladigan xotira marosimida viloyat hukmdorlarining barchasi ishtirok etardi. Sug'dda aholi gavjum yashardi. Sug'diylar dehqonchilik va bog'dorchilik, ayniqsa uzumchilikda nihoyatda omilkor edilar. Chorvachilikdaqoramol va qo'yechkilar bilan bir qatorda ot, xachir, eshak va tuyalar boqilardi. Ayniqsa, Sug'dning hisori qo'ylari va tulporlari juda mashhur edi. Sug'd shaharlari bu davrda hunarmandchilikning markaziga aylanadi. Ularda to'qimachilik, kulolchilik, ko'nchilik, chilangarlik, taqachilik, najjorlik, qurolsozlik va zargarlik yuqori darajada rivojlangan edi. Temirdan xo'jalik asboblari va ro'zg'or buyumlari, qurol-yarog'lar: shamshir, xanjar, tabar, gurzi, sovut, qalqon va dubulg'alar yasalgan. Hatto 718-yilda hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg'adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo'shinni temir qalpoq (dubulg'a)lar bilan ta'min etganlar. Sug'd tog'laridan oltin, jez, novshadil vayalama tuzlar kovlab olinardi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling