A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Turk xoqonligining boshqaruvi


Download 397 Kb.
bet10/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Turk xoqonligining boshqaruvi
Turk xoqonligi qanchalik katta bo'lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy tilda so'zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo'lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan. Hukmdorning hokimiyati urug'-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma'muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat ko'chmanchi chorvador va o'troq dehqon aholiga bo'linardi. Ko'chmanchi chorvador aholi «budun» yoki «qora budun» nomlari bilan yuritilgan. Budun o'z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi. U «o'n o'q budun» yoki «o'n o'q el» deb yuritilgan. O'n o'q budun yoki elning hokimi «yabg'u» yoki «jabg'u» nomi bilan atalardi. Yabg'u darajasiga faqat xoqon urug'iga qon-qarindosh bo'lganlargina ko'tarilardi. Shu boisdan ba'zan u «yabg'u xoqon» deb ulug'langan. O'n o'q el sardori bir tuman (ya'ni o'n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo'linmaning tumanboshisi «shod» deb yuritilgan.
* Budun - chorvador aholi
* Xoqon - buyuk hukmdor, podshoh, imperator
* Yabg'u xoqon - xoqon urug'idan bo'Igan yurt hokimi
* Shod - o'n ming qo'shin qo'mondoni
* Yasoq - dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq
VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o'ndan ortiq voha hokimliklar mavjud edi. Ularning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi mahalliy sulola hukmdorlari qo'lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar.
Xoqonlikning bo'linishi
Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka intilganlar. Turk xoqonligi tasarrufida bo'lgan hududlardagi hokimlar mustaqil boiishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan.
Bo'ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og'irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirlarida ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G'arbiy turk xoqonligiga bo'linib ketadi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling