A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


*Mustahkam markazlashgan davlat - bu barcha hududlari yagona hukmdor hokimiyati tomonidan idora qilinuvchi davlatdir


Download 397 Kb.
bet11/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

*Mustahkam markazlashgan davlat - bu barcha hududlari yagona hukmdor hokimiyati tomonidan idora qilinuvchi davlatdir.
Buyuk turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt Oloy tog'lari sharqidan to Uzoq Sharqgacha bo'lgan hudud, ya'ni Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo'g'uliston), Shimoliy Xitoy Sharqiy xoqonlik tasarrufida bo'lgan. Mazkur xoqonlikning poytaxti O'tukan vodiysi (Mo'g'uliston)da qaror topgan. Oloy tog’larining g'arbida joylashgan o'lkalar: Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutashgan hudud G'arbiy xoqonlik tomonidan idora etilgan, qarorgohi Yettisuvda joylashgan. G'arbiy xoqonlik o'troq voha va viloyatlarni boshqarishda, garchi qator mavjud mahalliy sulolalarni saqlab qolgan bo'lsa-da, ammo strategik jihatdan muhim ahamiyatga molik ayrim o'lkalarda turkiy hokimiyatni tashkil etish maqsadida xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan. Masalan, Farg'onada ixshid, Ustrushonada afshin, Sug'dda ixshid, Buxoroda buxorxudot, Dabusiyada dabusshoh, Xorazmda afrig'iylar hokimiyatlari mavjud bo'lgan holda Choch viloyati tudunlar, Toxariston esa yabg'ular tomonidan boshqarilgan.
Savollar
1. Turk xoqonligi qachon va qayerda tashkil topdi, unga kim asos soldi?
2. Nima maqsadda Turk xoqonligi bilan Eron o'rtasida harbiy ittifoq tuzildi?
3. Turk xoqonligining O'rta Osiyoga yurishi qanday oqibatlarga olib keldi?
4. Turk xoqonligi qanday boshqarilgan?
5. Turk xoqonligi qanday sabablarga ko'ra bo'linib ketgan?
Eslang: Turk xoqonligi tashkil topayotgan davrda Yevropada qanday ijtimoiy-siyosiy jarayon kechmoqda edi?
5-§. G'ARBIY TURK XOQONLIGI
Tayanch tushunchalar: G'arbiy turk xoqonligi Yabg'u. Boshqaruv tartibi. Ijtimoiy hayot. Abruy qo'zg'oloni.
Xoqonlik hududlari va boshqaruv
G'arbiy turk xoqonligi tasarrufiga O'rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir qismi kirardi. Uning markazi Yettisuv edi. G'ar­biy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. Sharqiy xoqon­lik aholisining asosiy qismi chorvador ko'chmanchilar edi. G'arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi esa o'troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg'ul edi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling