A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Etnogenez - xalqlarning nasl-nasabi, kelib chiqishi


Download 397 Kb.
bet31/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Etnogenez - xalqlarning nasl-nasabi, kelib chiqishi
* Safforiylik - miskar hunarmandlar
* Xutba- juma namozida hukmdor nomini aytib, uning haqiga duo o'qish, olqishlash
Tohiriylar hokimiyatining barham topishi
Tohiriylar zamonida ham mehnat ahlining ahvoli nihoyatda og'irligicha qolaverdi. Mulkdor dehqonlarning jabr-zulmidan, davlatning og'ir soliqlaridan bezor bo'lgan xalq qo'zg'olon ko'taradi. Ularga «g'ozilar» ham qo'shiladilar. Qo'zg'olonga safforiylar - aka-uka Ya'qub va Amr ibn Layslar boshchilik qiladilar. 873-yilda Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada tohiriylar hukmronligi tugatilib, hokimiyat safforiylar qo'liga o'tadi.
Savollar
1. Qarluqlar davlati qaysi hududlarda tashkil topdi?
2. O'g'uzlar haqida gapirib bering.
3. Tohiriylar davlati qanday vujudga keldi?
4. Xurosonda hokimiyatning safforiylar tomonidan egallanishi qan­day sodirbo'ldi?
5. Qarluqlar qo'shni davlatlar bilan qanday mahsulotlar savdosi orqali aloqa qilganlar?
14-§.SOMONIYIAR
Tayanch tushunchalar: Somoniylar hukmronligi. Davlat boshqaruv tizimi. Mudofaa ishlari. Devonlar.
Somoniylar hukmronligi
IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o'zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so'ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o'z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o'g'li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko'radi.
* Somoniylar - Buxoro vohasining yirik mulkdor hukmdorlarining sulolaviy nomi
IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o'tadi. Nasr butun Movarounnahr­ning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi.
Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va Ismoil o'rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g'olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o'z qo'l ostiga birlashtirdi.
Ismoil Somoniy
Ismoil Somoniy o'rta asrlarning qobiliyatli, serg'ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan, Movarounnahrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo'lishi nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho'chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to'qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashlirib, bu boy viloyatlarda o'z ta'sirini qayta tiklashga harakat qi­ladi. Xalifa Mu'tazid (892-902) safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o'rtasida urush bosh­lanadi. Urush Ismoilning g'alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig'ini yuborishga majbur bo'ladi.
Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o'z qo'l os-tida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki diyorning poytaxtiga aylandi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling