A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


-§. SOMONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT


Download 397 Kb.
bet33/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

15-§. SOMONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT
Tayanch tushunchalar: Iqtisodiy hayot Ichki va tashqi savdo. Pul muomalasi.
Qishloq xo'jaligi
IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug'orma dehqonchilik bilan shug'ullanar edi. Sug'orish tarmoqlari vositasida sug'orilib obod etilgan serunum vohalarda g'allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik va bog’dorchilik yuqori darajada rivoj topgan edi. Aholi arpa, bug 'doy, tariq, mosh, yasmiq, kunjut, no 'xat, zig 'ir va shu kabilarni yetishtirar edi. Zig'ir, kunjut va kanakunjutdan moy olinardi. Vohalarda paxtachilik kattagina o'rinni egallagan edi.
Bog'dorchilik
Bog'dorchilik madaniyati keng ravnaq topgan edi. Bog' va chorbog'larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, o'rik, shaftoli, olxo'ri, olcha, tut, jiyda kabi ko'pgina mevalar yetishtirilar edi.
Movarounnahr va Xorazmda sabzavot va poliz ekinlari serob bo'lib, qovunlari nihoyatda shirali bo'lardi.
Dehqonchilik solig'i - xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. Shuning uchun ham somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo'jaligini rivojlantirishga katta e'tibor berdilar.
Chorvachilik
IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo'lgan. Mamlakatning dasht va tog'oldi yaylovlarida qo'y va echkilar, yilqilar va tuyalar boqilgan. Qishloqlarda ayniqsa qoramollar behisob bo'lgan. Chorvachilik mamlakat aholisini chorva mahsulotlari bilan ta'minlabgina qolmasdan, xo'jalikning hamma sohalari uchun ot-ulovlar ham yetkazib bergan. Ayniqsa, davlatning harbiy qo'shinlari, xususan, suvoriy qismlarni ot-ulov bilan ta'min etish muhim ahamiyat kasb etgan.
Hunarmandchilik
Movarounnahr va Xorazm shaharlarida to'qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik kabi kasb-hunarlar rivoj topadi. Natijada shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan o'zgaradi. Unda katta-katta gumbazli toq-u ravoqli va peshtoqli imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh va karvonsaroylar qad ko'tardi. Endilikda shaharlar o'ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylanadi.
Shaharaing do'nglik yerida joylashgan arkda odatdagidek pod-shoning qarorgohi - dargoh, xazina, chaqa-tangalar so'qiladigan zarbxona va qamoqxona bo'lardi. Uning markazida registon maydoni, devonlar, mahkama saroyi, shuningdek, amirzodalar, saroy a'yonlari, nihoniylar, mulkdor dehqonzodalar va davlatmand savdogarlarning hashamatli qasrlari, qurol-yarog', asbob, egar-jabduq yasaydigan us­taxonalar, hunarmandchilik do'konlari va savdo rastalari joylashgan.
Samarqandda yuqori navli qog'oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o`zining ko`nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan, Eloq esa kumush va qo'rg'oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi. Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy topadi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlar Amudaryo bo'ylab to Orol dengizigacha muttasil mol tashib savdogarlarning yukini yengil, uzog`ini yaqin qilgan. Bu davrda shaharlar bilan bir qatorda qishloqlar ham mamlakatning iqtisodiy hayotida katta o'ringa ega edi. Buxoroning Zandana qishlog'ida to'qilgan mallarang bo'z «zandanachi», Sa-marqandning Vador qishlog'ida tayyorlangan mato «vadoriy» nomlari bilan Sharqda mashhur edi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling