A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


-§. XORAZM DAVLATI VA UNING YUKSALISHI


Download 397 Kb.
bet42/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

19-§. XORAZM DAVLATI VA UNING YUKSALISHI
Tayanch tushunchalar: Mustaqillik uchun kurash. Xorazm­shohlar davlati. Ichki ziddiyatlar.
Xorazmshohlar davlati IX-X asrlarda tohiriy, safforiy va somoniylar qo'l ostida bo'lgan. X asr oxirlarida Xorazm iqtisodiy ji­hatdan yana tez rivojlana boshlagan. X asrning oxiriga borganda VIII asr boshlaridagi mavjud uchta shaharlarning soni o'ttiz ikkitaga yetgan. X-XI asrlarda Xorazm mintaqadagi yirik savdo markazlaridan biriga aylangan. Xorazm savdogarlari chorvadorlar (hozirgi Turkmaniston va Qozog'iston) hamda Itil (Volga) bo'yidagi Xazar va Bulg'or podsholiklari, shuningdek Sharqiy Yevropaning slavyan aholisi bilan savdo-sotiq olib borganlar. Savdo aloqalarini kengayishida ayniqsa Gurganch (Urganch) shahri muhim rol o'ynagan. Uning hokimi «Gurganch miri» nomi bilan ulug'langan.
995-yilda Gurganch miri Ma'mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg'ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo'ldi. Shu tariqa afrig'iylar sulolasi barham topib, Ma'muniylar hukmronligi boshlandi. Ko'hna Urganch Xorazmshohlar davlatining poytaxtiga aylandi. Qisqa davr ichida ma'muniylar Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirdilar. Mamlakat viloyat, shahar va qishloq (qal'a)larga ajratilib boshqarildi.
Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi. Gur-ganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma - devonxona tashkil etildi. Uning tarkibida ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, harbiy ishlar bilan shug'ullanadigan mahkamalar faoliyat ko'rsatgan. Davlatning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik - xo'jayi buzruk unvoniga ega bo'lgan. U devonxona ishlariga mas'ul bo'lgan. Harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora etgan.
Ma'muniylar davrida Xorazmda ilm-fan va madaniyat ravnaq topib, Ma'mun akademiyasi - «Dorul hikma va maorif» («Bilim-donlik va maorif uyi») tashkil etiladi. Ushbu ilmgohda buyuk qomusiy olimlar ijod etganlar, o'z kashfiyot va asarlari bilan Xorazmshohlar davlatining mavqeyini yuksak darajaga ko'targanlar. Biroq, bu madaniy yuksalish uzoq davom etmagan.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling