A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Davlat hududining kengayishi


Download 397 Kb.
bet44/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Davlat hududining kengayishi
Takashdan so'ng uning o'g'li Alovuddin Muhammad (1200-1220) ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. 1206-yildan boshlab Movarounnahrni qoraxitoylarga qaramlikdan ozod etishga kirishildi. 1210-yilda Tabs vodiysida qoraxitoylar mag'lubiyatga uchratiladi. Yettisuvgacha bo'lgan yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga olinadi.
XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoli g'arbiy va g'arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubi g'arbda Iroqqa qadar borar edi. Janubi sharqiy hududlari G'azna viloyatidan, shimoli sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o'tar edi.
Sharqdagi bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shahri edi. Xo­razmshoh «Iskandari soniy» deb maqtalgan (Xorazmshoh saroyida 27 hukmdor va ularning vakillari doimo itoatda bo'lgan va buyuk hukmdorni «Iskandari soniy» deb ulug'lagan).


*Xorazmshoh - Xorazm hukmdorlarining unvoni
*Iskandari soniy - Ikkinchi Iskandar


Ichki ziddiyatlar
Qoraxitoylar zulmidan qutulgan bo'lsa-da, mehnatkash aholining ahvoli yengillash-madi. Aksincha, xorazmshohlarning harbiy yurishlari, soliq siyosatidagi beboshlik, amir va ma'murlaming jabr-u zulmi mamlakat fuqarolarining moddiy ahvolini g'oyat og'irlashtirdi, xalq xo'jaligini yanada zaiflashtirdi. Bu, shubhasiz, shahar va qishloq aholisining xorazmshohga qarshi noroziligini oshirdi. Natijada, 1210-yilda O'tror aholisi, 1212-yilda esa samarqandliklar qo'zg'olon ko'tardilar. Muhammad Xorazmshoh qo'zg'olonlarni shafqatsizlik bilan bostiradi.
Viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalqning ko'pgina tabaqalari noroziligi, qo'shin va saroyda fitnalarning avj olishi davlatning beqarorlik holatini yaqqol ko'rsatar edi. Shuning uchun ham bu davlat ko'p yashamadi.
Savollar
1. Xorazmning mustaqillik uchun kurashlari va uning hukmdori Otsiz haqida gapirib bering.
2. Xorazmshohlar davlatining barpo etilishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Nima sababdan xorazmshoh «Iskandari soniy» deb maqtalgan?
4. Xorazmshohlar davlati nega zaiflashib borgan?

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling