A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Naqqoshlik va o`ymakorlik


Download 397 Kb.
bet52/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Naqqoshlik va o`ymakorlik
IX-XII asr boshlarida me'morchilik bilan birga naqqoshlik va o'ymakorlik san'ati ham ancha rivoj topadi. Imoratning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi.
Xattotlik
Bu davrda xattotlik xalq san'atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo'lyozma kitoblardan nusxalari faqat qo'lda ko'chirilishi tufayli xat­totlik san'ati ancha rivoj topdi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me'moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.
Musiqa san'ati
IX-XIII asr boshlarida musiqa san'ati ham g'oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to'ylar, xalq sayillari va boshqa marosimlar, shub­hasiz, kuy va qo'shiqsiz o'tmas edi. Bu davrda sozandalar ud, tanbur, qo'biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo'shnay va qonun kabi g'oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg'u asboblaridan keng foydalanganlar.
Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o'zbek xalqlarining mumtoz kuyi «Shashmaqom» uchun poydevor bo'lgan «Rost», «Xusravoniy», «Boda», «Ushshoq», «Zerafkanda» «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi yangi-yangi kuylar ijod etilgan. Musiqa san'ati she'riyat hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog'langan holda taraqqiy etadi.
*Movarounnahrda birinchi madrasa X asrda Buxoroda Kavshdo'zlar mahallasida ochilgan. U Farjak madrasasi deb atalgan.
Din
IX-XIII asr ma'naviy hayotida islom dini muhim o'rin egallaydi. Bu davrda musulmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko'tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Movarounnahr aholisi islom dinini qabul qilib, shariat ahkomlarini bajarishga, arab tili va yozuvini o'rganishga kirishdi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko'tardi.
XII asrda esa Buxoroning Darvozayi Mansur mahallasida hatto qonunshunoslar uchun maxsus «Faqihlar madrasasi» qurilgan. Bunday oliy dorilfunun asosan islom dini ta'limotining asosiy manbalari: Qur'oni karim, Hadisi sharif va arab tilini mukammal o'rganishga katta e'tibor bergan. Shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur o'rgatishda «Tafsir» - Qur'oni karimning sharhlari juda boy va qimmatli manba hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat ahkomlari borasida mukammal ma'lumot beradi.
Islom dini ta'limotining ravnaqi va targ'ibotining kengayishida ayniqsa Buxoro shahri markazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko'p yetuk fiqhshunos olimlar, qozilar, imomlar yetishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan boshlab «Qubbat ul-islom» - «Islom dinining gumbazi» nomi bilan shuhrat topadi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling