INSTITUTI BUXORO FILIALI
“GIDROMELIORATSIYA” FAKULTETI
“O’zbekiston tarixi” fanidan
REFERAT
Mavzu: Buxoro Arki
Guruhi: KT 1/1
Bajardi: Bobonazarova Sabina Tekshirdi: dots. A.G’afurov
Buxoro-2016
Buxorodagi eng qadimgi obida Buxoro hukmdorlarining qal’asi va qarorgohidir. Me’morlarning qazishmalaridan ma’lum bo’ladiki, Ark eramizning oldingi birinchi ming yillik o’rtalaridan beri mavjuddir. Lekin rivoyatlarga qaraganda unga ancha avval asos solingan. Rivoyatlar shahar tarixini uyi Sharq xalqlarining avloddan – avlod o’tib kelgan qadimiy eposi “Shohnoma” ning afsonaviy qahramonlari nomlari bilan bog’laydi. XVI asr solnomasida bu haqda shunday deyilgan: “Buxoro qal’asining bino qilinishining sababi shulki, Siyovush ibn Kaykovus otasidan qochib, Jayxundan o’tib Afrosiyob huzuriga kelgan. Afrosiyob hurmatlab, uni o’ziga kuyov qilib olgan. Aytishlaricha, (Afrosiyob) bor mulkini (ham) unga bergan ekan. Siyovish bu viloyat o’ziga vaqtincha berilganini bilardi, shuning uchun o’zidan abadiy bir esdalik qoldirib ketish niyatida shu qal’ani bino qildi (va) ko’p fursat shu yerda turdi. Bir oz o’tgach, dushmanlar u bilan Afrosiyob o’rtasida nizo chiqardilar. Shu vajdan Afrosiyob uni o’ldirdi. Marhumni Qohfurushon darvozasi ichiga (qal’aga) kiraverishda, sharq tomonga dafn qildilar. U darvozani G’uriyon deb ham ataydilar. Shu sababdan Bixor mug’lari shaharning o’sha joyini muqaddas tutadi va har yili, har bir kishi, yil boshlangan kun, quyosh chiqishidan (sal) avvalroq, o’sha joyga bir xo’rozni keltiradilar va so’yib qurbonlik qiladilar. Bixoroliklar Siyovushning o’ldirilgani munosabati bilan ovoz chiqarib yig’laydilar. Bu yig’i barcha viloyatlarda mashhur bo’lgan. Sozandalar uni kuyga solganlar va bu kuyni “mug’lar yig’isi” deb