A toshkent irrigatsiya va mellioratsiy
Download 163.32 Kb.
|
1 2
Bog'liqbuxoro arki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qal’a tomondan tosh va o’qlar yog’ildi.
Uni qal’a dema, balki g’oyat bir tog’dir,
Uni o’lchamoq uchun har qancha arqonu ip ham qisqadir. Uning balandligi shu qadar kamolga yetganki, Undan har qanday xayoling qo’li qisqadir, U boshini osmon uzra baland ko’targan, Kungurasining safi esa quyosh boshiga arradir. Sipoh urush rejasini tuzdi, Va nog’ora urib atrofga suron soldi. Jang vaqtida bahor yomg’iri kabi, Qal’a tomondan tosh va o’qlar yog’ildi. Uning devori yomg’ir bulutiyu, Tosh va o’q yog’diruvchi deb o’ylaysan kishi. Ko’p asrlar mobaynidagi qurilish va vayron bo’lishlar natijasida Ark o’rnida balandligi 18 metr bo’lgan sun’iy tepalik hosil bo’lgan; uning yuqori qatlami so’nggi asrlarda qurib bitkazilgan. Ustma – ust qo’yib borilgan qal’a devorlari tepalikning ola – bula loy qoplamasiga o’xshab qolgan. Arkda bizgacha yetib kelgan inshootlar ko’p emas: yog’och sinchli inshootlar 1920 yildagi yong’inda yonib kul bo’lgan. Umumiy tarhi hujjatlar asosida tiklanmoqda. Arkning o’zini butun bir shahar deyish mumkin bo’lardi, unda davlat idoralari, amir, uning xotinlari, qarindoshlari, saroy amaldorlari yashaydigan uy va katta – kichik hovlilar bir – biriga qo’shilib ketgan edi. Qal’a devorlarining yassi cho’qqisimon shakl – shamoyili ichida inshootlar to’g’ri burchakli bo’lib, dunyoning to’rt tomoniga yo’nalgan asosiy ko’chalar an’anaviy tarzda xochga o’xshab kesishgan edi. Ularda salomxona (amirning istiqomatgohi), ko’rinishxona, mirshabxona, otxonalar, kiyim – kechak, gilam, asbob – anjom, xazina, qurol – yorog’ saqlanadigan bir talay omborlar, bulardan tashqari, yana zindon, zarbxona, machitlar, mozorlar, zargarlik ustaxonalari va boshqa imoratlar joylashgan edi. Saqlanib qolgan inshootlarning birinchisi Ark darvozasi bo’lib, u g’arbiy tomonga, Registon deb nomlangan maydonga qaragan. Darvoza XVIII asrda salmoqdor peshtoq ko’rinishida qurilgan bo’lib, ravoqli yo’lning ikki tomonida qo’shbo’g’inli qudratli minoralari bor edi, qadim zamonlarda qazilgan suvli handaq ustiga tashlangan anchagina uzun qiya ko’prik – Taxtapul (taxta ko’prik) maydon bilan darvozani bog’lardi. Ark darvozasidan XX asr qatlamining yuza qismiga ko’tarilish uchun qal’a ichida yuqoriga qiyasimon ko’tariluvchi pandus qorong’u, zim – ziyo, gumbazsimon yo’lak qurilgan. Uning yon tomonlaridan mahbuslar azob chekkan zax zindon – “obxona” (quduq) ga olib boruvchi o’n ikkita tirqish bo’lgan. Taxtapul hamda Ark darvozasi minoralari tagidagi yerto’lalardan dahshatli kanaxonalar bor edi. Dalonning sharqiy darvozasidagi o’rta taxmonda yilning ma’lum vaqtida afsonaviy Siyovush xotirasiga chiroq yoqib qo’yilgan: rivoyatlarga qaraganda u ayni shu yerga dafn etilgan ekan. Darvoza peshtoqi tepa tomondan panjarasimon arkali qator bilan tugallangan bo’lib, uning ortida nog’oraxona – galereya bilan o’rab olingan ikki derazali bo’lma joylashgan. Bu yer qadimiy an’anaga ko’ra kecha – kunduz mobaynida maqom kuylarini ijro etuvchi mug’an- niylarning o’rni edi, shahar aholisi esa shu kuylarga qarab vaqtni bilib olardi. Amirning o’g’illari nog’oraxona ayvonidan Ark maydonida bo’ladigan tantana va qatllarni kuzatishar edi. Nog’oraxonaning asosi qal’a ichidagi yer sathi bilan baravar edi. Hozir o’lkashunoslik muzeyining filiali joylashgan joyda amir zamonida ko’rinishxona – tantanalar va qabul marosimlari o’tkaziladi- gan bo’lma mavjud edi. U kenggina, tosh yotqizilgan hovlidan iborat bo’lib, uchta tomoni tekis yug’och ustunlari bo’lgan ayvonlar bilan qurshalgan edi. Hovlining to’ridagi chuqur taxmon – shohnishinda amirning marmar taxti o’rnatilgan bo’lib, uni 1669 yili nurotalik ustalar yasashgan. Amir taxti tepasida yog’ochdan naqshinkor qilib ishlangan chodir bor. Uni o’ymakor marmar ustunlar ko’tarib turgan. Dolondan bevosita Arkka chiqish oldida Jome machitining ayvoni ko’zga tashlanadi. Uchta tomoni ayvon bilan o’ralgan, to’rt ustunli yopiq bu bo’lma mahallalardagi katta machitlar rusumida bunyod etilgan. Uning ichki bezaklari XIX asr oxiri va XX asr boshlariga xosdir. Oxirgi marta u Olimxon davrida (1910 - 1920) ta’mir qilingan. Bunda mashhur o’zbek xalq ustasi Usta Shirin Murodov ishtirok etib, ganch naqshlarini ishlab bergan. Download 163.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling