Usta shirin murodov
Download 1.31 Mb.
|
USTA SHIRIN MURODOV
USTA SHIRIN MURODOVUsta Shirin Murodov (1879-yil 18-avgust, Buxoro, Buxoro amirligi — 1957-yil 2-dekabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — sovet oʻzbek xalq meʼmori, azimkor usta, ganch oʻymakori; Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi (1943), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Hunarni otasi usta Murod va bobosi usta Nosirdan oʻrgangan, yoshligidan amakisi usta Hayot qoʻlida qolgan va undan taʼlim olgan. Mustaqil usta sifatida Buxoro amirligi hukmdorining Karmanadagi saroyi, Sitorai Mohi xossa yozlik saroyining Oq zalini bezashda qatnashib, tanilgan. Usta Shirin ijodida ganch oʻymakorligi anʼanalarini mahorat bilan qoʻllagan, ularni yangi mazmun va shakllar bilan boyitgan, ilk bor ish faoliyatida (ganch oʻymakorligida) naqsh zaminida koʻzgudan foydalandi, yaʼni koʻzgu ustiga ganchkori naqshlar ishlab, jozibadorlikka, ajoyib naqsh jilvasiga erishdi.
Usta Shirin koʻplab klublar, maʼmuriy binolarni nafis ganchkorlik naqshlari bilan bezadi: Butunittifoq qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasidagi Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR pavilonlari (1938), Toshkent kuranti, Navoiy teatri (Buxoro zali), Muqimiy teatri, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi va boshqa; meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda qatnashgan: Somoniylar maqbarasining buzilgan qismi, Mir Arab madrasasi, Abdulazizxon madrasasi gumbazlarini, Magʻoki attori masjidi peshtogʻining koshinkori naqshlarini tikladi va boshqalar.
Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling