«Odobli bola elga manzur»


Download 55 Kb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi55 Kb.
#1374160
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5192845151420023872


«Odobli bola elga manzur»
Sinf xonasi bayramona bezatilgan. Sinfga kiraverishda odob, axloq haqidagi shiorlar, maqollar, kitob ko’rgazmasi osilgan.
O’quvchilar bayramona kayfiyatida. Davraga № boshlovchi kirib
keladi.
Boshlovchi: Hurmatlili mehri daryo, qalbi otash murabbiy ustozlar, aziz mehmonlar, va o’quvchi tengdoshlar. Bugun Biz 3-«A» sinf o’quvchilari «Odobli bola elga manzur», degan mavzuda musiqali ertalik tayyorlaganmiz, ruhsatingiz bilan ertalikni ochiq deb e`lon kilsak.
O’quvchi: Odob insonni ma`naviy kamolotga etkazuvchi jarayondir. Odob bolalikdan shakllanadi, yoshi ulg’ayishi bilan odob darajasi kengayib boradi. Odob kishi faoliyat belgilovchi bo’lib, uni barcha xatolardan saqlaydi. Natijada uning hulqiy go’zalligi ortadi.
O’quvchi: Odob yahshimi, oftob yahshi.
Oftob berar nur, odob- chi huzur.
Lolalar uchun oftob yahshidir,
Bolalar uchun odob yahshidir,
Oftob bo’lmasa qorong’u tushar,
Odob bo’lmasa ,g’am-qaygu tushar.
Oftob ko’rinar, tog’ tepalikda
Odob ko’rinar salom-alikda.
Odob har kimning yuzi ko’zida
Olamning yuzi oftobdan isir
Olamning doimo oftobi bo’lsin
Odamning doim odobi bo’lsin.
O’quvchi:_Muloyimlik'>P.Mo’min she`ri.
O’quvchi: Muloyimlik-bu hikmat bilan muruvvatdir. Muloyim odam o’zining himmati va muruvvati barorida qadrlanadi. Muloyimlik-hushyorlik va soflikdir. Muloyim kishida insof ham, sadoqat ham, hamma-hammasi bo’ladi. Muloyimlik insonning insoniyligi bildiruvchi omillardandir.
O’quvchi: Mehr shu oddiygina so’z qancha-qancha ma`noni bildiradi. Uning mazmuni va mohiyati shundan iboratki oliy janoblik, odamiylik, insonparvarlik, mardlik sahovat kabi ulug’ fazilatlar mujassamlangan. Mehr odamning hulki podshosi.
O’quvchi: Munkillagan bir kampir, nur yogilib betidan
Do’killatib hassasin o’tdi ko’cha chetidan,
Cho’ntakdan ro’molchasin, olmoqchi bo’lganda ul
Yonidan tushib qoldi, shildirama besh so’mlik pul
Kampir buni sezmadi, yo’lidan ketaverdi.
Rahimjon pulni ko’rdi, oldi-yu eltib berdi
Bo’lmasa kampir ancha, ketgan edi uzoqqa
Pulini olar ekan, dedi sevib quchoqlab
- Ey, bolam, barakalla, barakalla oppog’im.
- Hech kam bo’lma, dunyoda, mendek yasha chirogim!
Munkillagan bir kampir, nur yogilib betidan
Do’kqilatib hassasin, o’tdi ko’cha ketidan.

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling