A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet60/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Buxoro fojiasi
1220-yilning fevralida Chingizxon Buxoroga yetib boradi. Biroq Buxoro dushman kuchini qaytarishga tayyor emas edi. Buxoroliklar dushmanga taslim bo'lishdan o'zga choralari qolmaydi.
Buxoro qozisi Badriddin Qozixon o'z oqsoqollari bilan Chingizxon oldiga shafqat so'rab chiqadi.
1220-yilning 16-fevralida mo'g'ullar Buxoroni egallaydilar. Mo-varounnahrning qadimiy markazlaridan hisoblangan Buxoro talon-taroj etiladi. Behisob xazinalar talanadi, asriy qo'lyozma asarlar, muqaddas kitoblar yirtilib, hayvonlar oyog'i ostiga xazondek sochiladi. Ilm va ma'rifat egalari bo'lgan ulamolar va shayxlar, e'tiborli mo'g'ul jangchilariga xizmatkor qilib, goho esa baxshilariga masxara uchun beriladi. Chingizxon amri bilan Buxoro yoqib yuboriladi.
Samarqand jangi
Chingizxon Samarqandga tomon yo'l oladi va 1220-yilning mart oyida Movarounnahrning eng mashhur va yirik shahriga yaqinlashadi. Chingizxon shahardan tashqarida joylashgan Ko'ksaroy qasridan turib shaharni qamal qilish ishiga boshchilik qiladi. Shahar ostonasida uch kun shiddatli janglar davom etadi.
Qamalning uchinchi kuni mudofaachilar qamalni yorib chiqib mo'g'ullarga hujum qiladilar. Mo'g'ullar ularni qirib tashlaydilar. Qa­malning beshinchi kuni shahar taslim bo'ladi. Mo'g'ullar Samarqandning bosh suv inshooti - Qo'rg'oshin novani buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradilar. Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha istehkomlarni vayron qiladilar. Shahristondan aholi haydab chiqariladi va Samarqand talanadi.
Mamlakat sultoni Muhammad Xorazmshoh 30 minglik mo'g'ul qo'shinining ta'qibidan zo'rg'a qutulib, Eronga qochadi. So'ngra Kaspiy dengizining janubidagi Ashura oroliga borib joylashadi. Qo'rquv domiga tushgan, o'z kuchlariga ishonchini butunlay yo'qotgan Xorazmshoh o'g'li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlab, orolda xorzorlikda, g'ariblikda kasallanib, vafot etadi.
Sirdaryo bo'ylaridagi janglar
Bu davrda mo'g'ullarning Jo'ji boshliq askariy qismi ham Sirdaryo etaklarida zafarona harakat qilmoqda edi. Avval u aholisi zich joylashgan va boy savdo shahri Sig'noqqa hujum boshlaydi. Sig'noq aholisi yetti kun davomida sha­harni qahramonona mudofaa qiladi. Sakkizinchi kuni shahar mo'g'ul­larga majburan taslim bo'ladi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisining oxirgi kishisigacha qirib tashlaydilar.
1220-yilning aprelida bosqinchilar Jandni egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Mo'­g'ullar besh ming kishilik qo'shin bilan Sayhun (Sirdaryo) daryosi bo'yida joylashgan Banokat (Shohruhiya) ustiga yuradi. Shahar to'rt kunlik mudofaadan so'ng taslim bo'ladi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling