A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand jangi
- Sirdaryo boylaridagi janglar
Buxoro fojiasi
1220-yilning fevralida Chingizxon Buxoroga yetib boradi. Biroq Buxoro dushman kuchini qaytarishga tayyor emas edi. Buxoroliklar dushmanga taslim bo'lishdan o'zga choralari qolmaydi. Buxoro qozisi Badriddin Qozixon o'z oqsoqollari bilan Chingizxon oldiga shafqat so'rab chiqadi. 1220-yilning 16-fevralida mo'g'ullar Buxoroni egallaydilar. Mo-varounnahrning qadimiy markazlaridan hisoblangan Buxoro talon-taroj etiladi. Behisob xazinalar talanadi, asriy qo'lyozma asarlar, muqaddas kitoblar yirtilib, hayvonlar oyog'i ostiga xazondek sochiladi. Ilm va ma'rifat egalari bo'lgan ulamolar va shayxlar, e'tiborli mo'g'ul jangchilariga xizmatkor qilib, goho esa baxshilariga masxara uchun beriladi. Chingizxon amri bilan Buxoro yoqib yuboriladi. Samarqand jangi Chingizxon Samarqandga tomon yo'l oladi va 1220-yilning mart oyida Movarounnahrning eng mashhur va yirik shahriga yaqinlashadi. Chingizxon shahardan tashqarida joylashgan Ko'ksaroy qasridan turib shaharni qamal qilish ishiga boshchilik qiladi. Shahar ostonasida uch kun shiddatli janglar davom etadi. Qamalning uchinchi kuni mudofaachilar qamalni yorib chiqib mo'g'ullarga hujum qiladilar. Mo'g'ullar ularni qirib tashlaydilar. Qamalning beshinchi kuni shahar taslim bo'ladi. Mo'g'ullar Samarqandning bosh suv inshooti - Qo'rg'oshin novani buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradilar. Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha istehkomlarni vayron qiladilar. Shahristondan aholi haydab chiqariladi va Samarqand talanadi. Mamlakat sultoni Muhammad Xorazmshoh 30 minglik mo'g'ul qo'shinining ta'qibidan zo'rg'a qutulib, Eronga qochadi. So'ngra Kaspiy dengizining janubidagi Ashura oroliga borib joylashadi. Qo'rquv domiga tushgan, o'z kuchlariga ishonchini butunlay yo'qotgan Xorazmshoh o'g'li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlab, orolda xorzorlikda, g'ariblikda kasallanib, vafot etadi. Sirdaryo bo'ylaridagi janglar Bu davrda mo'g'ullarning Jo'ji boshliq askariy qismi ham Sirdaryo etaklarida zafarona harakat qilmoqda edi. Avval u aholisi zich joylashgan va boy savdo shahri Sig'noqqa hujum boshlaydi. Sig'noq aholisi yetti kun davomida shaharni qahramonona mudofaa qiladi. Sakkizinchi kuni shahar mo'g'ullarga majburan taslim bo'ladi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisining oxirgi kishisigacha qirib tashlaydilar. 1220-yilning aprelida bosqinchilar Jandni egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Mo'g'ullar besh ming kishilik qo'shin bilan Sayhun (Sirdaryo) daryosi bo'yida joylashgan Banokat (Shohruhiya) ustiga yuradi. Shahar to'rt kunlik mudofaadan so'ng taslim bo'ladi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling