A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
-§.XORAZMSHOHLAR DAVLATINING HALOKATI
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozloqshoh va Oqshohlar
- Ahmad ibn Umar Xivaqiy
26-§.XORAZMSHOHLAR DAVLATINING HALOKATI
Tayanch tushunchalar: «Yo Vatan, yo sharofatli o'lim». Manguberdi jasorati. Istilo oqibatlari. Urganch qamali 1221-yilning boshlarida Chingizxon qo'shinlarining Urganchga yurishi boshlandi. Endigina Xorazm davlatining Sultoni deb e'lon qilingan Jaloliddin Manguberdi Urganchga yetib kelib mudofaaga kirishsa-da, ammo Turkon Xotun Jaloliddin hokimiyatini tan olmadi. Bu orada sobiq Jand noibi qochqin Qutlug'xon boshliq qipchoq lashkarboshilari tomonidan uyushtirilayotgan fitnadan xabar topgan Sulton Jaloliddin Temur Malik bilan Xurosonga jo'nashga majbur bo'ladi. Chunki bunday vaziyatda poytaxt tomon bostirib kelayotgan yovuz dushmanga qarshi Urganch mudofaasini sira ham tashkil qilib bo'lmas edi. Tez vaqt ichida shahzodalar O'zloqshoh va Oqshohlar ham Urganchni tark etib, qochib ketadilar. Poytaxt taqdiri o'ta qo'rqoq va amalparast amir Xumortegin qo'lida qoladi. 1221-yilning qishida 50 ming kishilik mo'g'ul askarlari hujum boshlab, Urganchni qamal qiladi. Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining ustunligiga qaramay o'z ona shahrini mudofaa qiladilar. Poytaxt ichida olib borilgan ko'cha janglarida zamonining buyuk allomasi shayx Najmiddin Kubro nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy o'z do'st-u shogirdlari va izdoshlari bilan ishtirok etadi. Najmiddin Kubroning iltijo bilan «Yo Vatan, yo sharofatli o'lim» deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir mahalla, ko'cha-ko'y, guzar-u rasta, masjid-u madrasa va har xonadon janggohga aylanadi. Uzoq davom etgan ko'cha janglarida minglab mo'g'ul askarlari halok bo'ladi. Mo'g'ullar to shu paytgacha Movarounnahrning hech bir shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar. Bu qonli kurash yetti oy davom etgan. Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a'yonlari, barcha yor-u do'stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni taklif etgan. Ammo shayx Chingizxon taklifini rad qilgan. Oqibat son jihatidan teng bo'lmagan dushman bilan olib borilgan shiddatli jangda og'ir yaralangan Najmiddin Kubro o'lim oldida tig' tutgan mo'g'ul sarboziga tashlanib, qahramonlarcha halok bo'ladi. Ilojsizlikdan holi tang bo'lib, taslim bo'lgan Urganch bosqinchilar tomonidan talon-taroj qilinadi. Shaharning bosh ihota to'g'oni buzib yuboriladi. Urganchni suv bosib, u vayron bo'ladi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling