A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


*Harbiy taktika - jangda ko'zlangan maqsadga erishish uchun aniq sharoitga mos ravishda jang olib borishining tanlangan shakli va usuli


Download 397 Kb.
bet64/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

*Harbiy taktika - jangda ko'zlangan maqsadga erishish uchun aniq sharoitga mos ravishda jang olib borishining tanlangan shakli va usuli
Mo'g'ullar istilosining oqibatlari
Mo'g'ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod dehqonchilik viloyatlari halokatga uchradi. Gavjum va ko'rkam shaharlar, ayniqsa Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Banokat, Xo 'jand va boshqalar xarobazorga aylantirildi. Marv vohasining sug'orish tarmoqlarining bosh to'g'oni - mashhur Sultonband buzib tashlandi.
Samarqandliklar o'z ona shaharlarini tark etib chiqib ketdilar. Marv aholisi esa suvsizlikdan qurib borayotgan qishloqlarni tashlab, o'zga yerlarga borib joylashdi. Urganch suvga bostirilib, batamom vayron etildi. Xorazm va Movarounnahrning ziroatchi aholisi sonining keskin kamayib ketishi oqibatida ekin maydonlari jiddiy qisqarib, dehqonchilik inqirozga uchraydi.
Mohir hunarmandlar g'oliblarning yurtini obod etish uchun majburan Mo'g'ulistonga yuborildi. Butun Sharqda shuhrat topgan qurol-aslaha yasash, nafis ipak matolar to'qish, naqshli shishasozlik hunarmandchiligi barham topdi.
Asrlar davomida Xitoy va Hindistondan Turkiston orqali Kichik Osiyo va Yevropa tomon kesib o'tgan mashhur Ipak yo'li mo'g'ullar bosqini davrida butunlay harakatsiz qoldi. Bu davrda ilm va ma'rifatga juda katta ziyon yetkazildi.
Savollar
1. Urganch mudofaasi haqida nimalarai bilib oldingiz?
2. Najmiddin Kubroning «Yo Vatan, yo sharofatli o'lim» xitobi ma'nosini tushuntiring.
3. Siz Muhammad Xorazmshoh tutgan yo'lni qanday baholaysiz?
4. Jaloliddinni qanday kuch jasoratga undagan edi?
5. Sind daryosi bo'yidagi jang haqida so'zlab bering.
6. «Jaloliddin Manguberdi» ordeni qachon va nima uchun ta'sis etil­gan?


27-§.CHIG`TOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI
Tayanch tushunchalar: Ulus. Chig'atoy ulusi. Soliq turlaru Mahmud Torobiy qo'zg'oloni.
O'lkalarning taqsimlanishi
Zabt etilgan o'lka va viloyatlarni Chin­gizxon hali hayotlik chog'idayoq o'g'illariga taqsimlab berdi. Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil bo'yi, Shimoliy Xorazm va Darbandgacha to'ng'ich o'g'li Jo'ji va uning vafotidan keyin esa nabirasi Botuga topshirildi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning ikkinchi o'g'li Chig'atoy ega bo'ldi. Chingizxon G'arbiy Mo'g'ulistonni, shuningdek, Tarbag'atoyni uchinchi o'g'li va vorisi O'qtoyga berdi. Kenja o'g'li Tuluga esa Sharqiy Mo 'g 'uliston, Xitoy va Qirg'izlar yeri tegdi. Shunday qilib, mo'g'ullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlash asosida boshqarishga kirishdi.
Chingizxon vafotidan so'ng (1227) O'qtoy mo'g'ullar davlatining ulug' xoqoni qilib tayinlandi. Uluslarning hukmdorlari «xon» deb yuritilardi. Ulug' xoqonning qarorgohi Qoraqurum shahrida bo'lib, u yerdan turib xonlarning xatti-harakatini qattiq nazorat qilib borar edi.
Chingizxon vafotidan keyin ham mo'g'ullarning G'arbga tomon yurishi davom etdi. 1236-1241-yillarda Rus davlati zabt etilib, Oltin O'rda davlati tashkil topadi. 1256-yilda Eron batamom bosib olinib, Xulakiylar davlati vujudga keladi. 1258-yilda Xuloku abbosiylar sulolasiga xotima beradi. Mo'g'ullar Osiyo va Yevropaning katta qismi-da o'z hukmronligini o'rnata olgan bo’lsalar-da, yagona markazlashgan davlat tuza olmadilar. Ulus xonlari ulug' xoqonga nomigagina bo'ysunsalar-da, amalda o'z bilganlaricha ish yuritardilar.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling