A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Chingiz - kuchli, qudratli, toza


Download 397 Kb.
bet58/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Chingiz - kuchli, qudratli, toza.
* Szindi - Pekin shahri.
Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi
XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo'shinining umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati siyosiy, xususan ma'muriy boshqaruv jihatidan mustahkam emas edi. Chunki, mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o'z vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o'zboshimchalik bilan o'z bilganlaricha yoi tutar edilar. Hatto ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo'ysunib, amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa, Turkon xotun, ya'ni «turklar onasi» nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning volidasi qo'shinning oliy sarkardalari hisoblangan qipchoq oq-suyaklari bilan urug'-qabila aloqalari orqali mahkam bog’langan edi. U o'z qabiladoshlari manfaati yo'lida saroyda ko'tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg'unlashtirib qo'ygan edi.
Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi kuchayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan edi. Bunday o'ta xavfli vaziyatni bartaraf etish maqsadida Sulton Muhammad o'z hukmronligining so'ngida «Davlat kengashi»ni ta'sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi. Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo'g'ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor bo'ldi.
Savollar
1. Mo'g'ullar davlati qanday vujudga keldi?
2. Chingizxon qaysi qo'shni davlatlarni bosib oldi?
3. Chingizxon va Xorazmshohning elchilik aloqalaridan tub maqsadlari nima edi?
4. Chingizxon va Xorazmshoh aloqalan nima uchun keskinlashdi?
5. Qanday sabablar Xorazmshohlar davlatini siyosiy inqirozga olib keldi?
25-§. CHINGIZXON BOSQINI
Tayanch tushunchalar: Mudofaa rejasi. O'tror qamali. Buxoro fojias. Temur Malik jasorat

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling