A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
IV BOB VATANIMIZ XALQLARINING
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temuchin
- Qoshni davlatlarning bosib olinishi
IV BOB VATANIMIZ XALQLARINING
CHINGIZXON ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI OZODLIK KURASHI 24-§. XORAZMSHOHLAR SALTANATI BILAN MO'G'ULLAR DAVLATI O'RTASIDAGI MUNOSABATLAR Tayanch tushunchalar: Mo'g'ul qabilalari. Yagona davlatga birlashish. Xorazmshohlar davlati inqirozi. Mo'g'ullar davlati XI asrda mo'g'ul qabilalari hayotida hali urug'aymoqchilik munosabatlari nihoyatda kuchli edi. Ular asosan ko'chmanchi chorvachilik, ovchilik va o'zaro mahsulot ayirbosh qilish bilan shug'ullanar edi. Bu davrda mo'g'ul urug' va qabilalari o'rtasida o'zaro kurash avj olib bormoqda edi. Mo'g'ul urug' boshliqlari orasidagi ichki kurashlarda Temuchin (1155-1227) g'olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi bo'yida chaqirilgan mo'g'ul urug' va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug' xon (qoon) deb e'lon qilinadi, unga «Chingiz» laqabi beriladi va Mo'g'ullar davlatiga asos solinadi. Chingizxon ko'p sonli yaxshi qurollangann, intizomli va uyushgan qo'shin hamda 10 ming nafar turk azamatlaridan kezik (keshik) - xos soqchilar qismini tuzadi. So'ng istilochilik urushlari olib borishga kirishadi. Qo'shni davlatlarning bosib olinishi 1206-yilda dastlab naymanlar bo'ysundirildi. 1207-1208-yillarda Enasoy havzasi, so'ngra Yettisuv viloyatining shimoliy qismi zabt etildi va uyg 'urlar taslim bo'ldi. 1211-1215-yillarda Chingizxon bir necha bor Xitoyga hujum qilib, Shimoliy Xitoyning markazi - Szindi shahrini ishg'ol qilib, Szin sulolasini taxtdan qulatdi. Shimoliy Xitoy yerlari Mo'g'uliston davlatiga qo'shib olindi. Chingizxon Xitoydan ko'p o'ljalar, cho'rilar bilan harbiy qurol yasaydigan va ularni ishlata biladigan mohir hunarmandlarai ham Mo'g'ulistonga olib ketadi. Shu yo'l bilan u o'z qo'shinini zamonasining eng yaxshi harbiy qurolaslahalari bilan ta'minlaydi. Chingizxon 1218-1219-yillarda Sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talafotsiz qo'lga kiritib, bu yerdagi Kuchluk davlatini tugatdi. Shunday qilib, Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog' (Tyanshan) tizmasining g'arbiy etaklarigacha bo'lgan viloyatlar Mo'g'ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi. Endilikda Mo'g'ullar davlatining g'arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling