A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


O'zbek xalqining tashkil topishi


Download 397 Kb.
bet55/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

O'zbek xalqining tashkil topishi
VIII asrdan arab va ajam xalqlarining O'rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta ta'sir etmagan bo'lsa-da, bu davrda Movarounnahrdagi o'troq va yarim o'troq turkiyzabon aholi, sug'diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o'z hududlarida qolib, arablar hukmronligi ostida yagona islomiy e'tiqod birligi uyg'unlashdi.
* Etnik jarayon - kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo'lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo'shilib bo­rishi
* Turkiston - turkiy aholi o'rnashgan o'lka
IX asrda Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o'z navbatida sug'diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo'lib, bu qatlam asosining aksariyat ko'pchiligini o'troqlashgan turg'un turkiy etnoslar tashkil qilgan.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga o'tishi munosabati bilan sodir bo'lgan etnik jarayon o'zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo'ldi. Aynan mazkur davrda o'zbek xalqiga xos elatni belgilovchi hududiy, madaniy-ma'naviy umumiylik, etnik o'zlikni anglash, ma'lum bir davlat doirasidagi etnik uyushqoqlik, din umumiyligi kabi etnik omillar shakllangan. Bu davrda o'zbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, elat shakllanishidagi muhim ahamiyatga ega bo'lgan aksariyat etnik alomatlar shakllanib yetiladi.
Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda sodir bo'lgan o'ta murakkab siyosiy vaziyatda, muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida IX-XII asrlarda o'zbek xalqi shakllandi. Uning o'q ildizini o'lkamizda muqim yashab kelgan o'troq ziroatkor, mirishkor va chorvador tub yerli aholi tashkil etdi. Bunday ikki turli turmush tarzidagi aholi o'rtasida yuzaga kelgan iqtisodiy va madaniy o'zaro aloqalaming muqim qaror topishi oqibatida mazkur o'troq va ko'chmanchi chor­vador mintaqalar oralig'i (Movarounnahr)da joylashgan aholi qadimdan ikki: sug'd va turkiy tillarda so'zlashgan. Shubhasiz, asrlar davomida kengayib borgan o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalaming uyg'unlashuvi natijasida o'zbek va qator qardosh elatlarning ota-bobolarini birikishiga olib kelgan. Hali yozuv yuzaga kelmasdan avval boshlangan bunday ulkan etnogenetik jarayonning izlari yurtimizning joy nomlari ma'nosida o'z ifodasini topgan.
Savollar
1. O'lkamizda sodir bo'lgan etnik jarayonlar haqida so'zlang.
2. O'zbek xalqi qanday shakllandi?
3. O'zbek xalqming ajdodlan kimlar ekanligini bilib oldingizmi?
4. O'zbek va O'zbekiston nomlari qanday ma'nolarni anglatishi borasida o'ylab ko'ring.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling