Iqtisodiy hayotning jonlanishi
Mo'g'ullar istilosi davrida xarob bo'lgan hunarmandchilik, savdo-sotiq va dehqonchilik asta-sekin tiklana boshlaydi. Hunarmandchilik va ichki-tashqi savdoning jonlanishi, shubhasiz, xarob bo'lgan shaharlaming qayta tiklanishiga sabab bo'ladi. Garchi hali ko'pgina shahar va viloyatlar xaroba va yarim xaroba holida yotgan bo'lsa-da, Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklanadi. Qadimgi Samarqand vayronalari yonginasida yangitdan shahar qad ko'taradi. Shaharlarda turli xil davlat, jamoat va ma'rifat binolari qurildi. Shahar bozorlari gavjumlashadi.
Yer egaligi
Mo'g'ullar hukmronligi davrida O'rta Osiyoda yerga bo'lgan egalikning mulki devon, mulki inju, mulki vaqf va mulk deb ataluvchi to'rt xil shakli mavjud edi.
Mulklarning kattagina qismi harbiy ma'murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar bolib, ular suyurg'ol yerlari deb yuritilardi. Bunday yerlarga ega bo'lgan yerdorlar - suyurg'ol egalari barcha soliq va to'lovlardan ozod etilardi. Suyurg'ol yerlari avloddan avlodga meros tariqasida o'tardi.
Chig'atoy ulusining bo'linishi
Mo'g'ul hukmdorlari va mulkdorlari o'rtasida bosib olingan mamlakatlarning xalqlariga ikki xil qarash mavjud edi. Ba'zilari mahalliy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, hunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlantirish, islorn dinini qabul qilish tarafdori edi. Boshqalari esa o'troqlik va shahar hayotiga qarshi bo'lib, shaharlarni buzib tashlash, bog' va ekinzorlarni o'tlovlarga aylantirishni istardilar.
* Mulki devon - davlat yeri
* Mulki inju - hukmdor va noiblariga qarashli yerlar
* Mulk - xususiy yerlar
* Mulki vaqf- matjid va madrasa yerlari
Asta-sekin Chig'atoy ulusining bir qator xonlari o'z urug'-qabi-lalari bilan Movarounnahrga ko'chib kelib, mahalliy aholi bilan qo'shilib, o'troqlashib bordilar. Ko'chib kelmay Yettisuvda yashayotgan mo'g'ullar Movarounnahrga ko'chib kelganlarni «qoraunas» (duragay), Movarounnahrda yashayotgan mo'g'ullar esa ularni «jete» (qaroqchi, talonchi) deb atay boshladilar. Bu amalda bir-birini haqorat qilish edi. Ular o'rtasida ziddiyat, nafrat kuchayib bordi. Oqibatda Chig'atoy ulusi XIV asrning 40-yillarida ikkiga bo'linib ketdi.
Chig'atoy ulusining Sharqiy Turkiston, Janubiy Sibir va Yettisuv qismi Mo'g'uliston deb atala boshlandi. 1348-yilda Chig'atoy naslidan bo'lgan Tug'luq Temur Mo'g'uliston xoni etib ko'tarildi. Ulusning g'arbiy qismi - Movarounnahr mustaqil idora qilinadigan bo'ldi.
Madaniy hayot
Fan, adabiyot, ma 'rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi. Xususan, shaharsozlik bilan bogiiq bo'lgan binokorlik va me'morchilik yo'lga qo'yiladi. Koshinpazlik, ganchkorlik, parchinsozlik, me'moriy g'isht o'ymakorligi va me'moriy xattotlik asriy an'ana va tajribalar asosida tiklanib, hatto birmuncha taraqqiy ham qiladi. Binokor-me'morlar qo'li bilan qurilgan ko'rkam imorat-u inshootlar: masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara, minora va saroylar qad ko'taradi. Ularning ayrimlari bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Buxoro shahridagi Sayfuddin Boxarziy, Bayonqulixon maqbaralari, Samarqanddagi mashhur Shohizinda me'moriy ansamblining asosiy qismi bo'lgan Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ко 'hna Urganchdagi balandligi 62 metrli ulug'vor minora, Najmiddin Kubro va To'rabekxonim maqbaralari shular jumlasidandir.
XIII asr o'rtalarida Buxoroda «Mas'udiya» va «Xoniya» nomlari bilan shuhrat topgan ikkita madrasa bino qilinadi, ularning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil olgan.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida fors-tojik she'riyatining yirik namoyandalaridan Jaloliddin Rumiy, Sa'diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy kabi buyuk siymolar yashab ijod etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |