A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet61/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Temur Malik jasorati
Xo'jand shahri Sirdaryo ikkiga ayrilgan yerda joylashgan edi. Uning tabiiy joylashishi hamda shahar hokimi Temur Ma­likning qahramonligi bilan xo'jandliklar mo'g'ullarga kutilmagan qarshilikni ko'rsatadilar. Biroq, kuchlarning teng emasligi oqibatida Temur Malik shaharni tashlab chiqib, ming kishilik lashkari bilan shahar yaqinida daryo o'rtasidagi orollardan biriga joylashib oladi. Temur Malikning farmoyishi bilan 12 ta qayiq yasalib, dushmanning o'qi teshib o'tmasligi, o't yondirib yubormasligi maqsadida qayiqlaming usti namat bilan qoplanib, sirkali loy bilan suvab chiqiladi. Bunday usti yopiq qayiqlar bilan sohilga xavfsiz suzib borilar va qayiq yon devorlarida qoldirilgan maxsus shinaklardan dushmanni o'qqa tutardilar.
Temur Malik shu tariqa qayiqlarda mudofaa janglarini olib boradi. Lekin kuch kamligi uchun bor oziq-ovqat va qurol-yarog'larni 70 ta qayiqqa yuklatib, tunda mash'alalar yorug'ida Sirdaryoning quyi oqimi bo'ylab suzib ketadi.
Shu tariqa Temur Malik qo'shini uzluksiz jang qilib, barcha qiyinchiliklarni yengib, Jand shahriga yetib boradi. Barchinlig'kent va Jand yaqinida mo'g'ullar daryoning har ikki sohilida yo'lni to'ssalar-da, jasur xo'jandliklar sohilga tushib, dushman bilan so'nggi jangga kiradilar. Bu jangda Temur Malik qo'shini va safdoshlaridan batamom ayriladi. Faqatgina o'zi halokatdan qutulib, Urganch shahriga yetib keladi. Bir oz vaqt o'tgach, u Xorazmda to'plangan qo'shin va xalq lashkarlariga boshchilik qiladi. Jo'jiga qarshi muvaffaqiyatli janglar qilib, hatto undan Sayhun daryosining quyi oqimidagi Yangikent shahrini qaytarib ham oladi.
Chingizxon 1220-yilning yozida Naxshab (Qarshi) ga bostirib kiradi va uni egallaydi. Shu yilning kuzida esa Termizga askar tortadi. Termiz qamalning o'n birinchi kuni qattiq hujum bilan olinib, shahar xarob qilinadi.
* 1219-yilda...
* 1220-yil fevral oyida ... taslim bo'ldi
* 1220-yil mart oyida ... taslim bo'ldi
* Temur Malik - bu ...
Sirdaryo (Sayhun) havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylari, Amudaryo (Jayhun) o'rta oqimining o'ng sohili viloyatlari zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni Xorazmshohlar davlatining markaziy qismi - Xorazmga tashlaydi.
Savollar
1. Chingizxon hujumi qachon va qayerdan boshlandi?
2. Xorazmshoh nima uchun mudofaa rejasini ma'qul topdi, u nega xato reja edi?
3. O'tror qanday mudofaa qilindi?
4. Buxoro fojiasi haqida gapiring.
5. Samarqand jangi haqida nimalarni bilib oldingiz?
6. Temur Malik qanday jasorat ko'rsatdi?

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling