A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Jaloliddin Rumiy (1207-1273)


Download 397 Kb.
bet69/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Jaloliddin Rumiy (1207-1273) buyuk tasavvuf shoiri bo'lib, 36 ming baytdan iborat «Masnaviyi ma 'naviy» nomli poemasini yaratdi. Bu asarda u tasavvuf falsafasining asoslarini talqin etadi.
Bu davrning mashhur mutafakkir adiblarining yana biri Sa'diy Sheroziy (1219-1293) dir. U o'zining «Guliston» va «Bo'ston» nomli asarlaridagi sermazmun g'azallari bilan sharq adabiyotining taraqqiyotida o'chmas iz qoldirdi. U o'z asarlarida ona yerga bo'lgan muhabbat va insonparvarlik g'oyalarini mohirona bayon etadi.
O'z davrining buyuk adiblaridan Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325) Nizomiy Ganjaviydan so'ng «Xamsa» dostonini yozgan ham shoir, ham musiqashunos mutafakkirlardan edi. U «Zafarlar kaliti», «Falakning to 'qqiz gumbazi» kabi asarlar muallifidir.
XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarixnavislik ham taraqqiy qiladi. Bu davrda Juzjoniyning «Tabaqoti Nosiriy» («Nosir turkumlari»), Juvayniyning «Tarixi jahonkushoy» («Jahon fotihi tarixi»), Rashiduddin Fazlullohning «Jome at-tavorix» («Tarixlar to'plami») kabi qimmatli tarixiy asarlari yoziladi. Bu asarlar o'sha davr tarixi, ayniqsa mo'g'ullar istibdodini o'rganishda birinchi darajali manba hisoblanadi.
Bu davrda turkiy tildagi adabiyot ham rivoj topa boshlaydi. Keyinchalik u «Chig'atoy tili» va «Chig 'atoy adabiyoti» nomini oladi.
Savollar
1. Munke xoqon mamlakatda ichki vaziyatni yumshatish uchun qanday choralar ko'rgan?
2. Mas'udbekning pul islohoti qanday natija berdi?
3. Kebekxon islohotlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Chig'atoy ulusining bo'linish sababi nimada?
5. Iqtisodiy hayotda qanday o'zgarishlar sodir bo'ldi?
6. Mo'g'ullar davridagi yer egaligining qanday turlari mavjud edi?
V BOB AMIRTEMURNING VA TEMURIYLAR DAVLATI
29-§. AMIR ТЕМUR SIYOSIY KURASH MAYDONIGA KIRIB KELISHI
Tayanch tushunchalar: Siyosiy tarqoqlik. Siyosiy kurash maydoni. Mamlakat mustaqilligi uchun kurash. Sarbadorlar.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling